O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan "Chevrolet Spark” avtomobili Rossiyada yil avtomobili deb topildi. Bu haqda "UzDaily” xabar bermoqda.
Internet-nashr xabariga ko‘ra, Moskvada "Rossiyada yil avtomobili-2012” mukofotini topshirish marosim bo‘lib o‘tgan. Millionlab rossiyaliklar ishtirok etgan ovoz berish jarayonlari yakuniga ko‘ra, "Shahar avtomobili” yo‘nalishida "Chevrolet Spark” eng yaxshi deb topilgan.
Ikkinchi o‘rin "Kia Picanto”ga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin "GM Uzbekistan”ning boshqa mahsuloti – "Matiz”ga nasib etgan. Ta’kidlash joiz, "Spark” ketma-ket ikkinchi yil ushbu mukofotni qo‘lga kiritmoqda.
Avvalroq, "UzDaily.uz” xabariga ko‘ra, "Chevrolet Spark” "Runet versiyasiga ko‘ra 2011-yilning eng yaxshi avtomobili” deb topilgandi. Avto@Mail.ru avto-portali tomonidan tashkil etilgan so‘rovnomaning "Supermini” yo‘nalishida xetchbek "Peugeout 107”, "Kia Picanto”, "Fiat Panda” va "Citroen C1” kabi raqobatchilarini ortda qoldirgandi.
"Spark” avtomobili 2010-yil avgustidan beri O‘zbekistondagi "GM Uzbekistan” zavodida ham yig‘ib kelinadi. 2011-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya 28973ta "Chevrolet Spark” ishlab chiqargan.