O`zbekistondagi General Motors zavodi Chevrolet Epica sedanini ishlab chiqarishni to`xtatadigan bo`ldi. Bu Chevrolet Malibu modelining ishlab chiqarilishga joriy etilishi bilan bog`liq.
Eslatib o`tamiz, GM Uzbekistan korxonasi 2007 yil oktyabrida Epica modelini yig`ishni boshlagandi. 2011 yilda modelni yig`ish ishlari "Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAjga ko`chirildi. Aytish joizki, O`zbekistonda jami 10 mingga yaqin Epica modeli yig`ilgan.
Toshkentda Chevrolet Malibu Navro`z bayrami arafasida taqdim etilgandi. GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobilni 2012 yil iyunidan sota boshlashni rejalashtirgan.