Ushbu mashina rul emas, haydovchi tanasining egilishi yordamida boshqariladi. Uni takomillashtirish ishlari hali tugallanmagan bo’lib, bunday mashina qachon ishlab chiqarila boshlanishi, hatto, bu konsepsiyani to’liq qo’llab bo’lishi hali ma’lum emas.
Lg Shaffof Displeyimage Lg kompaniyasi shaffof displey konsepsiyasini taqdim etdi. Uni ulkan oyna-planshet desak ham bo’laveradi. Chunki, u bir vaqtning o’zida ham oyna ham planshet vazifasini bajara oladi. U hali sotuvda yoq, lekin yaqin kelajakda ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
LG Sensorli BrasletLG braslet LG kompaniyasi sensorli brasletini fitnesr uchun juda qulay bo’lib, u yugurish, zinalardan chiqib-tushishni, qadamlar soni, tezlik va qancha kaloriya yo’qotilgani haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatib beradi. Shuningdek, Bluetooth yordamida telefonigizga kelayotgan qo’ng’iroq va smslardan bohabar etish, telefondagi musiqalarni eshitish imkonini beradi.
Occipital Structure Sensor2_m Ushbu uskuna iPad yordamida 3-D skanerlash imkonini beradi.
Sony QX100 linzalaribgr-sony-qx10-qx100-11 Hozirda suratlarning aksariyati smartfonlarda olinadi. Injinerlar qanchalik harakat qilmasinlar, haqiqiy kameradagi suratga olish sifatni haligacha smartfonga ko’chira olganlari yo’q. Sony kompaniyasi esa bu masalaga o’ziga hos tarzda javob berdi. QX100 20 megapiksel va haqiqiy kameradan qolishmaydigan surat olish imkonini beruvchi linza bo’lib, uni deyalri barcha android hamda ios smartfonlariga o’rnatish mumkin. Bir so’z bilan aytgancha ushbu linza smartfonni haqiqiy kameraga aylantirib qoya oladi.
Geonaute 360 ces2013jan102013geonaute2 Geonaute 360-dunyodagi birinchi 360 gradusga asoslangan kamera bo’lib, u har biri 8 megapiksel bo’gan 3 ta linzaga ega. Uning yordamida bir vaqtning o’zida atrofni 360 gradusda vidoega hamda suratga olish mumkin. Bu esa ayniqsa sportchilar va sarguzasht ishqibozlari uchun ayni muddao bo’ldi desak adashmaymiz.
Eyelock Myrismyris-6-580-100 Smartfon va planshetlar o’g’irlanishini Eyelock Myris yordamida yanada kamaytirish imkoniyati paydo bo’ldi. Ushbu uskuna yordamida ko’z skanerlanadi va smartfon yoki planshetga parol sifatida o’rnatiladi. Ya’ni Apple smartfonlariga o’rnatilgan barmoq izi yordamida qulflash tizimini Myris kompaniyasi ko’zga ko’chiradi. Kompaniya vakillari bunday parolni buza olish ehtimollig 2 trilliontadan 1 ga to’gri kelishini ta’kidlamoqdalar.
Tobii Eye Mobile Tobi Tobii Technology tomonidan ishlab chiqilgan EyeMobile ko’z yordamida Windows 8 planshetlarini boshqarish imkonini beradi. Ya’ni planshetga qo’l tekkizmasdan unda kitob o’qish, musiqa eshitish, programmlar, internet, iijtmoiy tarmoqlar, GPS va boshqa funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Ivee-Aqlli Yordamchi!ivee-aqlli yordamchi Ivee masofadan turib ovoz yordamida boshqarishga asoslangan yordamchi bo’lib, u masofadan turib boshqariladigan "aqqli buyumlar" ni bitta gadjet yordamida nazorat qilish imkonini beradi. U hozircha quyidagi funksiyalarga ega: • ivee ob-havoni aytib beradi. Uning uchun siz "Bugun tashqarida havo qanday?" (What’s the weather like outside today?) savolini bersangiz bas. • ivee har qanday kompaniya qimmatli qog’ozlari narhini aytib bera oladi. . ivee vaqtida uyg’otib qo’yadi. • ivee qaysi shaharda soat necha bo’lganini aytib bera oladi . • ivee Wi-Fi ga ulangan uskuna va buyumlarni nazorat qila oladi. Uning yordamida masofadan turib boshqariladigan quyidagi uskunalarni boshqarish mumkin: Xona haroratini nazorat qiluvchi, Termostatlar, chiroqlar, Konsentratorlar, audi-vidoe uskunalar, konditsioner holodilnik, mikropech va boshqa masofadan turib boshqarish tizimiga ega jihozlar.
Intel Edison-Mitti KompyuterIntel Edison kompuyteri Intel kompaniyasi SD fleshkasiday keladigan mitti kompyuter sistemasini taqdim etdi.U dual-core Quark SOC ga ega bo’lib, Linux operatsion tizimida ishlaydi. Shuningdek, u Bluetooth yordamida boshqa uskuna hamda Wi-Fi yordamida internetga ulanish hamda foydalanish imkonini beradi. Uni kamera, soat va boshqa ko’tarib yurish mumkin bo’lgan buyumlarga osonlik o’rnatish mumkin bo’ladi. Shuningdek, uni meditsina, ilmiy-izlanish, fan-texnika va boshqa ko’plab sohalarda qo’llash mumkin. Masalan, uni kameraga o’rnatish orqali, suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish mumkin. Ko’rgazmada esa Edison kompuyterini chaqaloqni kuzatish tizimida qo’llash misol sifatida ko’rsatib berildi.
Lumus DK40 Aqqli Ko’zoynaklariaqlli ko'zoynaklar Namoyish etilgan ko’plab aqlli ko’zoynaklar orasida Lumus kompaniyasining DK40 aqlli ko’zoynaklari tashrif buyurganlar va mutaxassislar olqishiga sazovor bo’ldi. Boshqa aqlli ko’zoynaklar farqli ravishda, Lumus DK40 tasvirni tiniq va qulay tarzda ko’rsatib beradi. U ham Google Glass kabi Twitter, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar, internet GPS dan foydalanish, ovozli buyruq yordamida sms hamda email yuborish va boshqa funksiyalarga ega.
|