Janubiy Koreyada mahalliy "Songam Ilva Chunma” hamda Toshkentning "Bunyodkor” jamoalari o`rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o`rin olgan uchrashuv o`z nihoyasiga etdi. UNda Mirjalol Qosimov shogirdlari 1:0 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
Aytish kerakki, Osiyo Chempionlar ligasida qolgan bitta-yu bitta jamoamiz bugun kuchli raqibga qarshi safarda ancha ishonchli o`yin namoyish etdi. Toshkentlik futbolchilao dastlabki daqiqalardanoq o`z omadlarini himoyada emas, raqib jarima maydoni atrofida qidira boshlashdi. Bu esa Koreya klubi vakillarini himoyalanishga majbur qildi. Shnday bo`lsada, koreyalik futbolchilar imkon tug`ildi deganda tezkor paslar orqali hujumda vakillarimizni jazolashga intila boshlashdi. Ammo bu ish ha deganda ularga nasib etavermadi. "Bunyodkor” himoyachilari imkon qadar ularning hujumlarini qaytarib turishdi. Ҳimoyachilardan o`tgan to`pni esa bugun haqiqiy qahramonga aylangan Ignatiy Nesterov darvozaga kirishiga yo`l qo`ymadi.
Birinchi bo`limda har ikkala jamoada bittadan juda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Koreyaliklar hujumchisi darvozabon va himoyachilarimizning tushunmovchiligidan foydalanib, to`pni darvoza sari yo`lladi. Ammo baxtimizga uning zarbasi noaniq bo`ldi. "Bunyodkor”ning avstraliyalik yarim himoyachisi Devid Karni tomonidan kutilmaganda yo`llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. Birinchi bo`lim durang hisobda yakuniga etdi.
Ikkinchi bo`lim ham xuddi birinchisi kabi boshlandi. Ammo bu safar "Bunyodkor” a`zolari o`z oldilariga qo`yilgan maqsadga etisha oldilar. Devid Karning pasidan so`ng ikkala himoyachi orasidan yorib o`tayotgan Kamoliddin Murzoev koreyalik himoyachilar tomonidan qo`pollik bilan to`xtatib qolindi. Ҳakam hech ikkilanmay penalti belgiladi. Penaltini "Bunyodkor”ning himoyachisi Xayrulla Karimov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Shundan so`ng raqiblar katta kuch bilan oldinga o`ta boshlashdi. Ammo ularning zarbalarini Ignatiy Nesterov haqiqiy qahramonlik ko`rsatib, xuddi mustahkam qo`rg`on kabi qaytarib turdi. Terma jamoamizning birinchi raqamli darvozaboni bugun namoyish etgan o`yin futbol muxlislarini quvontirmasdan qolmaydi, albatta. Sababi oldinda Eronga qarshi o`yin kutib turibdi.
Shu tariqa "Bunyodkor” darvozasi sari yo`l topa olmagan koreyalik futbolchilar mag`lubiyatni tan olishga majbur bo`ldilar. "Bunyodkor” esa o`z yurishini OChLda davom ettiradi. Chorak final uchrashuvlari shu yilning kuzida bo`lib o`tadi.
OChL-2012, 1/8 final
"Songam Ilva Chunma" – "Bunyodkor" — 0:1
Gol: X. Karimov (53) pen.