Gap y6 yana wunaqa mavzulardan k6proq b6sa yaxwiydi zero ana wunday qizlarga ibrat b6larmidi. Hozirgi kunda DK (Davron Kabulov) ni ta'biri bilan aytganda kennayidan kennayiwkalar k6payib ketdi. B66ldi qizla yetib keldik 66zzlaringni bosib oyla (ba'zi qizla bundan mustasno).
Ayollarning tabarruj qilib yurishiga bahonalarni aytdik endi nimaga shunday holatga yetib keldik sabablari. 1-johillik, ilmsizlik tabarruj holatda yurgan qizlar kelinlar ayollar islom shariyatidan habardor bo’lganda, ilmdan habardor bo’lganda manashu holatga tushmagan bo’lar edi.
2- Erkaklarda g’ayurlik sifati kamayib ketgan g’ayurlik degani qizg’onish degani Ibn Kasir Rahmatulloh kitobida shunday narsani keltiradi. Shu yili yaniy hijriy 286-yil bo’lgan ajoyib ishlardan qozini oldiga bir hijobli ayol keldida erida 500 dilham haqi borligini va eri bermayotganligini shikoyatini qilib keldi. Qozi erini chaqirtirdi ikkalasini yuzlashtirdi qarizing bor dedsa qarizim yo’q beriman dedi. Ayol kishi dalil keltirdi. Qozi dalilga qanoatlandi. Endi eri pulni to’lab berishi kerak. Qozini oldida guvoh bo’lganlar, bu ayol shu erkakni hotinimi hotini emasmi shuni bilishimiz uchun yuzidagi niqobini ochsin ko’raylik deyishdi Shariy zarurat. G’ayur Er yo’q ochmanglar bo’ldi men beraman dedi. Shunda erini bunchalik g’ayurligini qizg’onganini ko’rgan ayol guvoh bo’linglar dunyo va ohiratda haqimdan kechdim dedi.
Yomon ulfat, amru ma’ruf va nahiy munkarni kamayib ketganligi sababli bunday ishlar ko’payib ketdi kel endi demasdan qo’shnisi ham ota onasi aka ukasi aytaversa sal bo’lsa ham hayo qilib tabarrujni kamaytirishar edi.
Payg’ambarimizdan (s.a.v) hadis bor. Bir murkarni qavmi ko’rib o’zgartirishga imkonyati bo’la turib tek qo’yib qo’yishsa balo yopasiga keladi deganlar.
Manashuncha dalil hujjatdan keyin ham tabarruj qilib ko’chaga chiqishlik aqillik mo’minani ishimi? Manashuncha dalil hujjat oyat va hadislarni o’qib turib ham ayollarini manashunday holatda ko’chaga chiqarib yuborishligi aqillik erkakni ishimi? O’zlaring hulosa chiqaringlar har bir mo’min mo’mina erkak va ayol o’zini musulmonman deb hisoblasa yozilgan oyat va hadislarga amal qilsin. Har bir inson har bir qilgan ishiga qiyomat kunida albatta javob beradi. U kunda Allohning faqat mo’min mo’minalarga rahim qiladi. Alloh barchalarimizga insof bersin o’qigan bilgan ilmimizga amal qiladigan bandalari qatorida qilsin omin.
3-bahona men hijob o’rasam issiqqa chidamiman nafasim qaytib ketadi hovo ololmay qolaman issiq bo’lib ketadi desa
Alloh ta’olo aytadi: (Jihodga chiqishdan) qolgan munofiqlar Allohning payg‘ambariga xilof qilib qolganlaridan xursand bo‘ldilar va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida jihod qilishni istamadilar hamda (bir-birlariga): «Bu issiqda urushga chiqmanglar», dedilar. Ayting (ey Muhammad): «Agar ular anglay olsalar, jahannam otashi yanada issiqroqir». (TAVBA SURASI 81-oyat)
Dunyodagi quyoshning issig’iga chidolmasa jahannam o’tiga sabri yetarmikin manashu opa singillarimizmi. Biz ularni yaxshi ko’rganimizdan, muslima mo’mina bo’lganligidan jaxannamdan qutilsin jannatga kirsin yaxshilikni sog’inganimizdan aytamiz.
4- bahona hozirgi kunda eng avj olgan bahona Ro’mol o’raganlarni ko’ryapmiz ro’mol o’rasa har hil nomlar bilan nomlashyapti. O’zi odamlarni rozi qilishlik maqsad qilgan odam hech qachon maqsadiga yetmaydi. Hech qachon odam odamni rozi qilolmaydi. Ro’mol o’rasa ham yoqmaydi o’ramasa ham yo’qmaydi. Odamlar uchun emas Allohni rozi qilish uchun o’rashlik kerak. Muslima mo’mina ayol o’zi bunday bahona qilmasdan Allohni erini rozi qilish uchun barcha qiyinchiliklarga sabr qiladi mukofoti esa Jannat bo’ladi.
5- bahona yoshsan hali o’ynab qol deydi kattalardan ota onalaridan chiqadi shu gap ulgidi majbur qilma deydi. Yoshim sal katta bo’lganda hijob kiyaman deyotgan qizlar opalar bo’lsa o’lim yosh tallamiydi.
6-bahona yomon ulfatlar Abdulloh ibn Mas’ud r.a Alloh ta’olo yomon ulfatdan yomonroq mahluqni yaratmadi. Iblis albatta yomon lekin A'`uzu bill`ahi minash-shayt`onir roj`iym. Desa shayton qochadi. Yomon ulfatga esa 100 marta aytsangiz ham yonizda turaveradi. Hech qachon inson tug’iliboq qimorvoz bo’lib qolmagan. Bir ulfati bo’gan bir marta olib borogan ikki marta olib borgan qimorvoz bo’lib ketgan. Hech qachon odam ilimlik bo’lib ketmaydi birdaniga ulfati bir marta darsga olib borogan ikki marta olib brogan ilmlik bo’lib ketgan. Bir odam tug’uliboq aroqxo’r bo’lib ketmagan. Hijob kiymayotgan qizlarni ham mayting toza bo’lsa bo’ldida o’ramasang ham bo’laveradi degan yomon dugonalari bor. O’ragisi keladi yonidagilari chatoq Bunday dgonalardan aloqani uzushlik kerak.bo’ladi
7-bahonasi Alloh insof bersa biz ham o’rarmiz deydida o’sha insofsizligini taqdirga yoyadi. Inson tijorat qilish uchun yuguradimi sababini qilib. Kasal bo’lib qolsa davolanish uchun tabibga boradimi.undan keyin Alloh shifo berib, tijoratiga baraka berib yuradimi? Inson Alloh ta’oloni hidoyatiga qarab bir qadam bosish kerak. Hadisi qudisida keladi Alloh ta’olo bandam men tomon bir qadam tashlasa men ikki qadam tashlayman. Men tamon yursa men yuguraman degan. Birinchi qadamni banda qiladi Alloh insof bersa keyin deb o’tiraversa o’tiraveradi bu odam.
Alloh ta’olo aytadi: Hali mushrik bo‘lgan kimsalar: «Agar Alloh xoxlaganida biz ham, otabobolarimiz ham na mushrik bo‘lgan va na biron narsani harom qilib olgan bo‘lur edik», dedilar. Ulardan avvalgilari ham to azobimizni totgunlaricha (o‘z payg‘ambarlarini) mana shunday yolg‘onchi qilganlar. Ayting (ey Muhammad): «Huzuringizda bizga ko‘rsatadigan (aytayotgan so‘zlaringizni tasdiqlovchi) biron hujjatingiz bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz, sizlar faqat yolg‘on so‘zlamoqdasiz!» (AN’OM SURASI 148-oyat)
Alloh ta’olo aytadi: (Ey insonlar)» sizlarga ne bir musibat yetsa, bas o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh sababli (etur). Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur. (SHO'RO SURASI 30-oyat)
Izoh: Uylaringda baraka yo’q bo’lsa hotirjamlik bo’lmasa Oilada kelishmovchiliklar ko’p bo’layotgan bo’lsa bari o’zlaringni qilgan gunohlaring tufayli bo’ladi.
Alloh ta’olo aytadi: Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va axli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur. (TAHRIM SURASI 6-oyat)
Alloh ta’olo o’zini mo’minman degan erkaklarga aytyapti o‘zlaringizni va axli-oilalaringizni do’zax o’tidan saqlang deb buyuryapti Ayolingiz kiyimingizni yuvib qo’ymagan bo’lsa malomat qilasizku, Allohning hukmini bajarmayotgan bo’lasa tabarruj qilib ko’chaga chiqib ketib erini dayus bo’lishiga sababchi bo’lsa indamay qoyaverasiz.
Ayol qizlarni shariy hijob kiymaslikka ro’mol o’ramaslikka bir hancha bahonalar qilishadi.
1-Bahona: zarilmi issiqda. Shu gapni aytgan ayolga ikkita savol siz o’zi hijobdan qanoatlanmas ekansiz islomdan qanoatlanasizmi? Islomni din deb qabul qilganmisiz deyiladi. Xa desa bir javob yo’q desa bu ayolga hijob haqida gaprilmaydi. Islomga kirish haqida gapiriladi. Islomdan qanoatlanmiman hijob menga kerak emas desa dindan chiqib qoladi. Alloh saqlasin Qalbing toza bo’lsa bo’ldida desa. Payg’ambarimizni s.a.v ayollarini qalbi albatta pokiza bo’lgan. Shularga Alloh ta’olo avratlaringni yopinglar degan. . Men islomdan qanoatlanaman men muslimaman deb hijob o’ramayotgan bo’lsa aytamizki quydagi o’yatni eshitmaganmisiz?
Alloh ta’olo aytadi: Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilgan —buyurgan vaqtida biron mo’min va mo‘mina uchun (Allohni hukmini qo‘shib) o‘z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga osiy bo‘lsa, bas u ochiq yo‘ldan ozish bilan yo‘ldan ozibdi. (AHZOB SURASI 36-oyat)
Izoh: Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukim qilgandan keyin mo’min odamda ihtiyor qolmaydi faqat bajarish kerak. Mumkin emas dedimi tamom gap qolmaslik kerak. To’g’riyu deb bajarmayaptimi bu oyatga ochiq isyon qilyapti.
2- bahona men o’ray deyman ota onam, erim, akam unamayapti. Javob: Payg’ambarimiz s.a.v Holiqqa osiy bo’ladigan ishlarda mahluqqa itoat qilinmaydi. Ota onamizga yaxshi munosabatda bo’lishimizni shariyat buyurgan.
Alloh ta’olo aytadi: Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda), dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin va o‘zing menga ijobat-tavba qilgan kishilarning yo‘liga ergashgin! So‘ngra (ya’ni qiyomat kunida) O’zimga qaytursizlar, bas, men sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berurman». (LUQMON SURASI 15-oyat)
Ota onaga faqat gunoh ish qil deganda itoat etilmaydi! Boshqa o’rinda boshga qo’yiladi ota ona.
(Tabarruj – Ayol kishi ko’chaga avratlarini yopmasdan yasan tusan qilib chiqishligi tabaruj deyiladi.)
Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh ta’olo aytadi: (Ayollarga) O’z uylaringizda barqaror bo‘linglar (ya’ni besabab uylaringizdan tashqariga chiqmanglar, magar biron hojat uchun chiqqanlaringizda esa ilgarigi dinsizlik (davri)dagi yasan-tusan kabi yasan-tusan qilmanglar! Namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni (haqdorlarga) ato etinglar hamda (barcha ishlarda) Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etinglar! (Ey payg‘ambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi xolos. (AHZOB SURASI 33-oyat)
Izoh: Ayol kishi behojat, zaruratsiz ko’chaga chiqmasligi Alloh ta’oloni buyrug’i. Johillar, Arablar, Makka mushriklari Ayollari taqinchoqlarini qulog’iga, bo’yniga taqib Boshiga romol solib ro’molini jag’idan chig’mas ekan. Bo’ynilari avratlari taqinchoqlari ko’rinib turganligi oldini baylamagani uchun tabarruj deyishar ekan. Johilyat davrida boshida ro’moli bor lekin avratini yopmagani uchun tabarruj deyishgan ekan. (Hozirgi kunda o’zini musulmon deb yurgan qizlar haqida gapirmasa ham bo’ladi. Johilyat davridagi tabarrujdan hozirgi tabarruj qattiqoq bo’lyapti Alloh saqlasin)
Payg’ambarimiz (s.a.v) aytadi: Alloh ta’olo Har bir odam bolasiga zinodan bir ulish yozgan. Shu zinoni albatta qiladi. Ko’zni zinosi qarashlik, tilni zinosi gapirishlik, nafs hohlab turadi zinoni lekin farj tasdiqlaydi zino qilishlik bilan yoki bekor qiladi. (Imom Buhoriy Muslim rivoyati)
Payg’ambarimizdan (s.a.v) keltirilgan hadisda Qaysi bir ayol o’zini hushboylab (atir sepip hidini hushboy qilib) bir qavmni oldidan o’tib ular hidlashi uchun oldidan o’tar ekan bu ayol zinokor.
Ayol kishi atr upani eri uchun qilishlik kerak bu ishni ko’chaga chiqib ketayotganda sepmasligi kerak. Chuni bir nomahram erkakni oldidan o’tar ekan hidlab oram oldimi hididan payg’ambarimiz s.a.v zinokor deyapti shu ayolni. (Bizda teskari uyida sepmidi ko’chaga chqib ketayotganda yasanib atir upa sepip chiqadi.)
Payg’ambarimiz (s.a.v) uch kishi haqida so’ramay qo’yo’ringlar (yaniy halok bo’lgan ular) Jamoatni tark qilgan, Ho’jaini ruhsatisiz qochib ketgan qul yoki cho’ri, Bir ayolni eri dunyo hojatlarini hammasini qondirib qo’yib ehtiyojlarini qilib safarga ketgan bo’lsa yoki g’oyib bo’lgan bo’lsa Ko’chaga chiqishlikka hech qanday ehtiyoji bo’lmasdan turib tabarruj qilgan holatda ko’chaga chiqqan ayol ham halok bo’lgan mendan so’ramaglar deganlar . (Imomi Ahmad rivoyati)
Payg’ambarimiz (s.a.v) aytadilar uch toyifa odamga Alloh ta’oloni qattiq g’azab qiladi. Masjidi haramda turib Hudosiz bo’lgan odam. Islomda Musulmon bo’lib johilyat davrini sunnatlarini qilgan odamga. Bir kishini qonini nohaqdan to’kilishini hohlagan kishi.
Payg’ambarimiz (s.a.v) aytdilar Qaysi bir ayol erini uyidan boshqa bir uyda kiyimlarini qo’ysa Alloh va o’zini o’rtasiidagi pardani yirtibdi. (Imomi Ahmad rivoyati) Izoh: Avratini o’zini eridan boshqa nomahram erkakni oldida ochgan ayol o’zini o’rtasidagi pardani yirtibdi degan. (Ayol kishini yuzi va kaftidan boshqa azosi avrat hisoblanadi.) Allohni rahmi kelsin.