O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O'zR Konstitutsiyasi 117-modda.
Hurmatli O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va ayni paytda sherlar.uz sayti a'zolar,
Bugun, 21-dekabr, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va joylardagi Xalq deputatlari kengashlariga deputatlikka qo'yilgan nomzodlarni saylash kuni.
Saylash huquqi har bir 18 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosining konstitutsiyaviy huquqidir. Ushbu huquqingizni amalga oshirish mobaynida siz davlat hokimiyatini amalga oshirishga o'z hissangizni qo'shasiz. Siz saylagan deputatingiz sizning nomingizdan Oliy Majlisda yoki Xalq deputatlari kengashlarida faoliyat olib boradi va sizning manfaatlaringizni Parlament darajasida himoya qiladi. Befarq bo'lmang! Saylovlar demokratik davlatning eng katta o'ziga xos jihatidir. Ko'plab davlatlar fuqarolari bu huquqni bugungi kungacha qo'lga kirita olishmayapti.
Huquqingizdan foydalaning. Va har bir okrugda bo'layotgan saylov jarayoni haqida shu yerda o'rtoqlashishingizni so'rab qolaman.
Hurmat bilan, Gangster
|