Boylikka ko'z suzib uzoq ketibman, Otamni - Onamni yolg'izlatibman. O'zga yurtda shox bo'lib bir zum, Asli o'zim kimligimni unutvoribman.
Boyligim ko'p emas o'zimga yetar, Ko'zlari yo'limda Onam zor kutar. Omon bo'lgin bolam deb Dadam ovutar, Netay Ota-Onamni ko'zim sog'inar.
Tunlarimda uyqu yo'q mana xozir ham, Tushlarimga kiradi rahmatli dadam. Eh Otajon armonim ko'rolmaganim, Dadajonim sog'indim sizni sog'indim.
Qayg'ular keladi boshimni silab, Yolg'izlik beradi qo'limga qalam. Yozsam yozaveraman dardlarim sanab, Lekin mag'zun yuragimga topmadim malham.
Oqib turar ko'zlarimdan alamli ko'z yosh, Bu yolg'izlikmas yuragimda yig'laydi bardosh. Qiynaldim bilmaydi buni xech kimsa, Dardimni yashirib yuribman qalbga.
Bir kun dardga chalindim axvolim yomon, Xech kim so'rab kelmadi yolg'izman shu on. Ey hudo o'lib qolsam jonsiz bu tanam, Kim yerga ko'madi yo'qdir yaqinim.
Ko'zlarim ochilmas qaltirar tanam, Tunlari derazamda yonar bir shag'am. Darddan forig' bo'lolmay sovub ketyapman, Derazamdan qo'l cho'zdi yorug' bir odam.
Tanamda issiqlik sezdim bir lahza, Ko'zim ochsam turardi dadam qarshimda. Tushmi bu bilolmay termulib qoldim, Shu zaxoti qo'rqibon xushdan ayrildim.
Erta tong uyg'onib esladim barin, Derazam oldida so'ngan shag'amim. Ketaman uyimga tinch yotolmayin, Shoshildim Onamni ko'rgani bugun.
Boylik Yordam bermas ekan yolg'izligimda, Yoki bag'rim isitmadi sovuq bo'lganda. Xolimni xech so'rab kelmas odamlar, Meni tubanlikka boshlabdi xissiz qog'ozlar.
Unutmang do'stlarim pul kelib ketar, Ko'zlarimiz-qo'llarimiz hali ko'p ko'rar. Sog' omonsiz tubanlikka bosmangiz qadam, Uzoqlarda meni kutar mehribon Onam...
Sasha.B - Ijodidan... Qayg'uli Dramma 2...
|