Главная » 2014»Октябрь»19 » Boshqaruvchisiz harakatlanadigan kelajak poyezdalari (foto) .
15:07
Boshqaruvchisiz harakatlanadigan kelajak poyezdalari (foto) .
Boshqaruvchisiz harakatlanadigan transportlar mavjud. Masalan, Google va Tesla kompaniyalari shu turdagi avtomobillarni ham ishlab chiqarishni boshladi. Yaqin kelajakda esa Londonda boshqaruvchisiz harakatlanadigan metro poyezdlari ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Naked Scinece xabar berdi.
Priestmangoode kompaniyasi bunday turdagi metro poyezdlari loyihasini taqdim etdi. Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu poyezdalar joyni tejash maqsadida vagonlardan tashkil topmaydi. Ya’ni bitta uzun yo‘lakka ega poyezd bo‘ladi.
2020-yilgacha shunday poyezdlardan boshqaruvchi kabinasiga ega va bunday kabinasizlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyihaga 16 milliard funt-sterling ajratilgan. Bunday poyezdlar uchun maxsus metro yo‘lini qurishga esa 30 yil vaqt sarflanishi kutilmoqda.