Nexia avtomobili haydovchisi oqibati haqida o`ylab o`tirmasdan mashinasini suv oqayotgan quvur ostiga qo`yadi.
Foydalanuvchimiz bu holatni quyidagicha sharhlaydi: "Signalizatsiya ishlab ketishi uchun bir necha marta g`ildiragini tepdik, ammo avtomobil egasi faqat yomg`ir tinganidan keyingina chiqdi. Salonda 15-20 sm ga chqin suv yig`ilib qolgandi, keyin mashina egasi chelak bilan ishlashiga to`g`ri keldi. Voqeani kuzatib turganlar mashina o`t olishiga shubha bilan qarab turishgandi, ammo mashinani o`t oldirish uyoqda tursin, u yurib ham ketdi... Made in Uzbekistan!”, - deya xulosa qiladi foydalanuvchi.