Salom hurmatlik sevgilim, ahvollaringiz yaxshimi, bu yolg’on dunyoning tashvishlaridan horiqib qolmayapsizmi? Ikkalamiz ham uzoq manzilga yo’l olganmiz, mana yaqinda ko’rishmaganimizga ham 3 yil bo’ladi. Nahotki mendan shunchalik yiroqlashib ketgan bo’lsangiz. Hech bo’lmasada kun zamon meni ham eslab turibsizmi, yoki sizni sog’inch azoblari qiynamayaptimi? Men esa aksincha, shu 3 yil mobaynida menga aytgan "hayr” so’zingiz hozirgacha yuragimni tilka-pora qilib kemoqda. Yolg’izlik tunlarimni go’yo tonga ulagandekman. Nega.. Nima uchun.. degan savollar ich etimni kemirib tashlamoqda. Nahotki mendan shunchalik yiroqlashib ketgan bo’lsangiz. Bu hayotda mening yagona sirdoshim faqatgina siz edingiz. Endichi, bu yolg’on sinovlik dunyoga bir o’zimni go’yoki yetim bola singari yolg’izlatib ketdingiz. Bu dunyoda sizga boshqa erisha olmasligimni bilsamda o’z orzu hayollarim va ichki dardu hissiyotlarimdan qochib qutilolmayapman. Sizni o’ylamaslikka qanchalik harakat qilmay lekin ming afsuski buning uddasidan chiqa olmasman. Negadur sevgi qanday his tuyg’u ekanligin hali-hanuz anglab yetolmasman. Nima uchun…Nima uchun bunchalik ho’rlangan yuragim yanada azob chekmoqda…Nima uchun sevgi insonlarni bunday o’yinga boshlaydi….Nahotki u biz insonlar uchun qanchalik qadirli va har narsadan ustun ekanligin bilmasa…Yoki bularning barchasi insonlar sevgini ba misoli bir chaqaday ko’rishimi?...Balkim biz sevgining lazzatidan bahramand bo’la olmasmiz biroq nima uchun aynan dard, alam, qayg’u, g’am, sog’inch va yolg’izlik tuyg’ulari bizni o’zlariga bog’lab chorlayveradi? Ex…Mana kunni ham, tunni ham yolg’izlikda shundayin qarshi olaman. Har kecha oyning nuriga termulgancha o’tgan damlarni eslab nimagadur o’ksinib, achinib yig’layman.Bazan esa shivirlab yog’ayotgan yomg’irdan baxra olar ekanman, yuragim yana notinch ahvolda qolgandek go’yoki qalbimga sog’inch degan hisni kirita boshlaydi. Bazan bu dunyo tashvishlaridan to’ygandek uzoq manzillarga qochib ketgim kelar yoki hech kimsa yo’q jim-jitlik hukm suruvchi joylarga borib ko’zimdagi jiqqa yosh ila bor ovozim bilan baqirib ho’ngrab yig’lasam deyman… Bor ovozimda "Men ham baxtli bo’laman” deya dunyoga jar solsam deyman… Shunchalik siqilib kettmki huddi bu dunyoning yolg’onlariga aldanib qolgandekman. Dardimni kimga baham ko’rishni ham bilmasman, faqatgina alam ustidan doyimgidek oppoq qog’ozga o’z ichki hissiyotlarimni to’ldirrib chiqmoqdaman. Nima bo’lganda ham vaqt g’animat ekan, o’tgan damlarni ortga surib ham bo’lmaydi. Inson zoti shundayin gohida baxtga, gohida dardga chaligancha umir kechiraverarkan. Biroq o’zimizni dardimiz yolg’izgina o’zimizga ayondur…O’zimizning dardimizga faqatgina o’zimiz malham bo’la olar ekanmiz… Unutman men hali-hanuz faqatgina sizni deya sog’inch azobiga burkangan Parizodayuzdurman…. Sog’inch…bir etibor berib ko’ringa, na qadar jarangli eshitiladiya bu so’z.