Qishloqning bir to'pori yigiti edim. Hech kimdan kam ham ortiq ham emasdim. Yolg`iz o'g'il bo'lganim uchunmi artofimdagilarning mehr-muhabbati ichida yashardim. Yoz oylarining birida ko'chada nogohon 3 ta bir xil libosda, 3 ta opa-singilga ko'zim tushdi. Hammasi bir-biridan go'zal. Ularning o'rtadagisining ko'zlari porloq, yuzlari olmadek qizil edi. Shu kundan boshlab o'sha qiz haqida o'ylay boshladim. O'sha kezlari 7 yoshga kirayotgandim. Yosh bo'lganim uchunmi, bu dard uncha bilinmadi. Tasodifni qarangki u qiz bilan tengdosh ekanmiz, eng asosiysi bitta sinfdan o'rin oldik. U qiz bilan staristalikga davogar edik. Men uncha tashkiliy ishlarga xushim yo'qligi uchun bu davodan voz kechdim. Kunlar o'tdi bu orada har xil qiziqarli voqealar bo'ldi. Xullas butun sinf muhabbatimni bilgandi va hamma bizni bir-birimizga loyiq deb bilardi. Uni oldida doim soqov bo'lib qolardim. U esa sho'x shaddod kezi kelsa urishqoq. 4-sinfni tamomlaganimizdan keyin uydagilar meni boshqa tumanga o'qishga jo'natishmoqchi bo'lishdi. U yerda chet tillarini o'rganishim kerak edi. Rozi bo'ldim chunki ilm olishga ishtiyoqim baland edi. Kunlar o'tib uni sog'ina boshladim. Bilishimcha u ham. 5-6 sinflarda boshqa boshqa tumanlarda o'qisak ham har kuni uyga kelganimdan keyin ko'rishib har xil o'yinlar o'ynab bir-birimizni zeriktirmas edik. Bilasizmi, agar o'sha kunlarga qaytishni iloji bo'lganda bugun topgan hamma narsamni berardim. 7-sinfda o'zimizni tumandagi litseyga kelib joylashdim. Yosh bo'lganim uchunmi, o'sha paytda Fudbol va u qizsiz yashay olmaydigandek edim. So'ngra qora kunlar boshlandi. Hayot o'zgarib hamma zamonaviylashib borayotgandi. Insonlarni yashash muhiti o'zgardi. 7-sinfni tamomlayotganda ya'ni MAY oyida 1 kunda kamida 1 marta bir-birimizni ko'rmasak turolmay qoldik. Bir-birimizga ajralmas bo'lib bog'lanib qolganday edi go'yo. So'ngra yo'q joydan janjallar chiqa boshladi. Atrofdagilar bizni sevgimizga xasad qilishdimi, bilmadim, bizni ayirishga harakat qilishdi. Qaysidir ma'noda bunga erishishdi ham. U qizdan shunday achchiq so'zlar eshitdim va achchiq tarsaki yedim. Yo'q tashlab ketmadim yana sevdim. Uni hayot o'zgartirib tashladi. Har xil bollarga ilashib qolganini eshitdim. Oramizda katta ziddiyat paydo bo'ldi. Men o'qishni tashlab qo'ymagandim. Butun bir litseyni faxriga aylanish ilinjida tinmay izlandim. U qiz esa kimlar bilandir taralla bedod qilib yurdi. Kunlar keldi qaysidir ma'noda odamlar orasida o'zimni o'rnimni topdim, qizlarni e'tibori oldigidan ham oshdi. Meni davrim kelgandi. U qiz buni ko'rib yana qandaydir yo'llar bilan yonimga qytdi. Yaxshimi-yomonmi uni sevar edim. Yana biroz baxtli kunlardan keyin yana u o'zgardi. O'zicha osmon edi. Endi u haqda yomon fikrlar aytila boshladi. Yana ziddiyatlar, yarashishlar asosida ancha vaqtlar o'tdi. Bir kuni qattiq axti paymon qildik. Lekin u yana meni ranjitdi. Keyinchalik surishtirsam bir Toshkentda o'qiydigan qishloqlik yigit bilan ancha yaqin bo'lib qolishgan ekan. U yigitning uydagilari qizni surishtirib yaxshi qiz emas ekan degan fikrga kelishibdi va o'sha Toshkentda o'qiydigan yigit uni tashlab ketibdi. Qiz yana yolg'iz qoldi. Yana sobiq sevgilisini boshini aylantirishga kirishdi. Men esa ilm cho'qqilarini zabt etayotgandim. Litseyni eng faxrli o'quvchisi bo'ldim. Atrofimda bir-biridan yaxshi qizlar ko'p hohlaganim bilan iliq munosabatlar o'rnata olardim. Yana o'sha qiz yonimga keldi. Har xil gaplar bilan yana o'zini oqladi. Gaplari yolg'on bo'lsada uni qabul qildim. Yana meni ranjitdi. O'sha Toshkentda o'qiydigan yigit bilan topishvolishdi. 1 haftada yana tashlab ketdi. Keyin yana biz yaqin bo'lib qoldik. Unga nisbatan zarracha yuragimda ishonch qolmadi. Lekin uni telbalarcha sevardim. Men ko'nglimga tugib qo'ydim o'sha sevganimning sevgilisi o'qiydigan Toshkent Moliya Institutiga kiraman deb. HA u yerga kirdim 3-o'rinda byudjet. Borsam u yigit u yerda o'qimas ekan. U qiz hamon mendan umidvor. Sevgimni butun qishloq biladi. U qizning qnday qiz ekanligini ham. O'ta-onam u qizdan uzoqlashishimni doim aytib kelishgan. Endi unga nisbatan sevgimdan boshqa hech narsa yo'q. U bilan munosabatlarga nuqta qo'ymoqchi edim. Lekin U bunga rozilik bermadi. Lekin men hech qachon endi uni yonimga yo'latmiyman. U faqat o'sha Toshkentda o'qiydigan yigitni chindan sevgan. Men uni ayblamoqchi emasman. Balki o'qish bilan bo'lib unga uncha e'tibor berolmagandurman. Lekin u meni 1 marta emas bir necha marta tashlab ketdi. Kimnidir sevsangiz shu qismatni albatta esga olinglar. Bu qismat hammaga ibrat bo'lsin. Ko'p gapirganim uchun uzr.