Beeline rasmiy salonlarida sotilayotgan Samsung Galaxy smartfonlari qatori kengaymoqda. "Infocom.uz” jurnali rasmiy saytida xabar berilishicha, endilikda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Samsung Galaxy S3 Mini va Samsung Galaxy Ace 2 sotilmoqda. Bundan tashqari, ularga "Bilayn”dan bonuslar ham qo‘shib beriladi.
Samsung Galaxy S3 Mini’ni 899 000 so‘m, Samsung Galaxy Ace 2’ni 699 000 so‘m qiymatda xarid qilish mumkin. Smartfonlarni naqd pul va bank plastik kartalari vositasida xarid qilish mumkin.
Ta’kidlash joiz, poytaxtimizning "Fleshka” majmuasida Galaxy S3 Mini taxminan 715 000 so‘m, Galaxy Ace 2 esa 605 000 so‘mga sotilmoqda.