Главная » 2014»Декабрь»6 » Besh yoshli bolakay Microsoft kompaniyasining eng yosh dasturchisi bo‘ldi
12:25
Besh yoshli bolakay Microsoft kompaniyasining eng yosh dasturchisi bo‘ldi
Besh yoshli bolakay Microsoft kompaniyasining eng yosh dasturchisi bo‘ldi
Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan va hozirda Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi besh yoshli Ayan Kureshi Microsoft kompaniyasining eng yosh dasturchi-mutaxassisi bo‘ldi. Bu haqda Express nashriga asoslanib Naked Science jurnali xabar berdi.
Bolakay Pokistonning Lahor shahrida tavallud topgan. 2009-yilda uning oilasi Londonga ko‘chib kelgan. Yosh dasturchining yoshiga ham qaramasdan uni Birmengemdagi universitetda bo‘lib o‘tgan Supporting Windows 8.1 imtihoniga kiritishdi. Besh yoshli mutaxassis imtihondan a’lo darajada o‘tdi va o‘z qobiliyatini ko‘rsatdi. Ushbu imtihon esa axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis nomiga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladi.
“Biz undan juda ham faxrlanamiz” — deydi bolakayning otasi. U farzandining qobiliyatini ko‘rib, unga kompyuter laboratoriyasini qurib berdi.
Avalom bor Assalomu alaykum Yaxshi U bolaga omad, yana shuni Taktlamoqchimanki. Bizning O‛zbekistondan ham anashunday Yosh dasturchi, chiqishiga tilakdoshman.!