Eng yirik aloqa operatori Beeline 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning navbatdagi kengaygani haqida xabar beradi. Poytaxtda 30 dan ziyod uchinchi avlod baza stansiyalari ishga tushirildi.
Yangi 3G baza stansiyalari poytaxtning quyidagi tumanlarida o‘rnatildi: Olmazor tumani (Qoraqamish 2/4, G‘alaba, Zarqaynar va Sog‘bon ko‘ch.); Bektemir tumani (Olmos ko‘ch.); Mirobod tumani (Qizil Arvat, Mironshox, Tolimarjon, Eski Otchopar, 8-mart ko‘ch.); Mirzo Ulug‘bek tumani (A. Yugnakiy mavzesi, Mustaqillik ko‘ch.); Sirg‘ali tumani (Sirg‘ali-1, -3, -4, Sputnik-7 mavzelari); Chilonzor tumani (Chilonzor-19 mavzesi); Shayxontohur tumani (Gulobod mavsesi, Olmazor, Arxitektorlar ko‘ch.); Yunusobod tumani (Yunusobod-4, 19-mavzelari, Xalqobod, Bozorov, A.Qodiriy, Qoraqamish ko‘ch.); Yakkasaroy tumani (Abdullayev, Bog‘ibo‘ston ko‘ch.); Yashnobod tumani (Obisher, Aviasozlar ko‘ch.). Voqeani sharhlar ekan, Unitel’ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Beeline’ning innovatsion rahnamoligi — bu nafaqat yuksak maqom, balki millionlab abonentlar oldidagi mas’uliyatidir. Bugungi kunda Toshkent mobil internetning eng rivojlanayotgan bozori hisoblanadi. Shuning uchun 3G-qoplamining ishonchli rivojlanishi — biz mos kelishga harakat qilayotgan vaqt talabidir”.
|