Главная » 2014»Февраль»16 » “Beeline” “Apple” bilan hamkorlikda eng yangi iPad planshetlari sotuvini boshladi
17:54
“Beeline” “Apple” bilan hamkorlikda eng yangi iPad planshetlari sotuvini boshladi
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) O‘zbekistonda birinchi bo‘lib iPad planshetlarining ikki turdagi flagmanli modellarini sotuvi boshlanganligini e‘lon qiladi. Bu “Apple”ning tasdiqlangan reselleri maqomi berilganligi tufayli mumkin bo’ldi.
MChJ “Unitel”ning Bosh direktori Aleksandr Vorobyov: ““Beeline” o‘zining innovatsion rahnamoligini navbatdagi galda tasdiqladi – bu safar dunyo giganti “Apple” bilan hamkorlikda. Biz kelgusi hamkorligimizning kengayishini hisobga olgan holda, bu hamkorlikni ikkita eng yangi iPad modellaridan boshlayapmiz. Ishomanan, bundan nafaqat ikkala kompaniya, balki abonentlar ham manfaatdor bo‘ladilar”.
“Beeline”ning markaziy ofisida iPad Air va Retina displeyli iPad Mini planshetlarining sotuviga start berildi. Birinchi bo‘lib qurilmalarni testdan o‘tkazish imkoni tadbirga taklif etilgan matbuot xodimlariga berildi.
beeline_14_02_2014
“Aynan “Unitel” kompaniyasi, distribyuterning yordamida ishlagan holda, hodimlarni o‘qitish va tayyorlash jarayonini muvoffaqiyat bilan o‘tdi, va bu unga “Apple” kompaniyasinig iPad innovatsion planshetlari sotuvi bo‘yicha eng yirik tasdiqlangan tarmog‘i bo‘lish imkonini berdi. “Beeline” sotuv tarmog‘i bilan strategik hamkorlik O‘zbekistonning barcha mintaqalarini qoplashni va mamlakatning asosiy shaharlarida iPad planshetlarining rasmiy sotuvlarini kafolatlaydi. Ishonchimiz komil, shunday ingichka, yengil va quvvatli Retina displeyli iPad mini va iPad Air yangi modellari O‘zbekistondagi “Beeline” mijozlari va xaridorlariga albatta yoqadi», – voqeani sharhlaydi “ASBIS” kompaniyasining BMTdagi “Apple” distribyuterining Markaziy Osiyodagi biznesni rivojlantirish menejeri Andrey Petrovskiy.