Главная » 2015»Февраль»17 » Ayollar ishlatadigan gadjetlar erkaklarnikidan iflosroq bo‘lishi aniqlandi
16:30
Ayollar ishlatadigan gadjetlar erkaklarnikidan iflosroq bo‘lishi aniqlandi
20.01.2015 // Texnologiyalar
Ayollar ishlatadigan gadjetlar erkaklarnikidan iflosroq bo‘lishi aniqlandi
Buyuk Britaniyadagi Surrey universiteti talabalari professor Saymon Park bergan topshiriqni smartfonlar va Petra chashkasi yordamida bajardi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Tajriba davomida ular maxsus bakteriya o‘stiriladigan suyuqlik bilan kerakli miqdorda to‘ldirilgan idishga smartfonlarni solib ko‘rdilar. Qayd etilishicha, natija hayratlanarli bo‘lgan. Gadjetlardan juda ko‘plab mikroorganizmlar ajralib chiqqan. Ularning orasida kasallik tarqatuvchilari ham talaygina. Zichligi bo‘yicha esa hatto unitazni ham ortda qoldiradi. Bakteriyalar telefonga asosan qo‘l va quloqdan o‘tishi sababli insonning aynan shu qismlarida uchraydigan mikroorganizmlar gadjetlardan ham ko‘p topilgan. Talaba qizlarga tegishli gadjetlardan yigitlarnikidan ko‘ra ko‘proq bakteriya chiqishi ayollarning qurilmalari iflosroq bo‘ladi degan xulosaga kelishga sabab bo‘lgan.