Haydovchilik guvohnomasini olish – uzoq muddatli va mashaqqatli jarayon bo‘lib, yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish uch oy davom etadi.
Ta’lim narxi ham arzon emas. Quyida Toshkent shahri tumanlarining avtomaktablaridagi narxlar keltirilgan.
Shayxontohur tumani – 840 000 Uchtepa tumani – 770 000 Mirzo Ulug‘bek tumani – 768 000 Yakkasaroy tumani – 798 000 Bektemir tumani – 760 000 Chilonzor tumani – 770 000 Mirobod tumani – 743 000 Hamza tumani – 755 000 Yunusobod tumani – 800 000 Sirg‘ali tumani – 774 000 Olmazor tumani – 750 000
Xo‘sh, ta’lim narxi nimalarni o‘z ichiga oladi?
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tarqatma materiallar bilan ta’minlanmaydi, ularni hamma o‘zi mustaqil ravishda sotib olishi zarur. O‘qituvchilar ma’ruza o‘qishi jarayonida tinglovchilar o‘zlari uchun qayd yozib boradi, yo‘l belgilarini chizadi.
Nazariy kurs tugagach, o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarga, ya’ni avtomobil haydashga o‘tadi. Bu kurs har bir o‘quvchi uchun 32 soat davom etadi. Avtomaktab bitiruvchilari biladiki, bir mashg‘ulotda 3—4 o‘quvchi qatnashadi. Bu degani har bir talaba o‘rtacha 15—20 daqiqa amaliyot o‘taydi.
Shunday qilib, to‘langan pullar evaziga biz nima olamiz? O‘zimiz sotib olgan o‘quv qo‘llanmalari, eski uslubdagi konspektlar va bor-yo‘g‘i 2—3 soatlik avtomobil boshqarish. Bu narxdagi ta’lim jarayonida avtomaktab hech bo‘lmaganda, o‘quvchilarni uyga olib ketib o‘z bilimlarini mustahkamlashida yordam beradigan metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlasa ham bo‘lar edi.
|