Kuni kecha boshlovchi Davron Kabulov Chexov ko'chasi "Perfectum mobile" bosh ofisi ro'parasida kuchli avto halokatga uchradi.Ma'lumotlarga qaraganda u avtomobilning tezligini oshirgan va Nexia rusumidagi mashinaga kuchli zarba bilan to'qnashgan. Bu haqida Kabulovning o'zi ham twitterda habar qildi. Quvonarli tomoni avto halokat vaqtida hechqanday og'ir jarohat yo'q, qizlarning sevimli boshlovchisi sog' salomat. Hayronmiz, Davron Kabulovga ko'z tegdimi?
Kelasi safar tezlikni oshirmay, qizlarga qaramay mashinani haydashlarini maslahat beramiz.
Bundan tashqari "Nihol" mukofoti sovrindori Ziyoda ham avto halokatga uchragani aniqlandi. U hozir shifohonada, hech qanday jarohat yo'q, faqatgina shifokorlar aytishicha u hozir SHOK holatda. Tez orada sog'ayib ketishini tilab qolamiz.
Amirxon (shok.uz)