O‘zbekistonning Artel texnika ishlab chiqaruvchisi o‘zining artelmarket.uz internet-do‘konini ochdi. Bu haqda ictnews.uz xabar berdi.
Artelmarket.uz loyihasi rahbari Yuliya Yo‘ldoshevaning nashrga ma’lum qilishicha, do‘kon shu hafta boshida ochilgan. “Faol reklama kampaniyalari o‘tkazmayotgan bo‘lsak-da, har kuni internet-do‘kon foydalanuvchilarining buyurtmalarini rasmiylashtirmoqdamiz”, — dedi u.
Yo‘ldoshevaning ta’kidlashicha, ular hozirda Click kompaniyasi bilan muzokaralar olib borib, ushbu tizim orqali internet-do‘kon mahsulotlari uchun to‘lov shartlarini muhokama qilmoqda.
Toshkent bo‘yicha yetkazib berish bepul, to‘lov jarayoni mahsulot yetkazib berilgan vaqtda naqd pul yoki terminal orqali amalga oshiriladi.
|