Assalom alekum aziz do'stlarim! Qalbimda yotgan bu so'zlarimni Ollohdan va mandan boshqa xech kim bilmasdi lekin qachongacha bu dard bilan yuraman va bu gaplani sherlar.uz saytiga yozishga qaror qildim. Man shu paytgacha xech bir yigitga ishonmasdim. Bundan 7 oy oldin odnoklassnikidan profil ochdim u saytga kirib do'stlarim bilan gaplashardim lekin xecham begona yigitla bilan gaplashmasdim. Xayotda nima bo'lishini xech ki bilmasakan odnoklassnikida bir yigit doim drujba tashardi man qabul qilmasdim u qayta qayta tashardi bir kuni qabul qildim u bilan gaplashdim oilamizdigila namozxon bo'lgani uchun shu tarbiya bilan kotta bo'ganimchun bemani gaplarni yoqtirmasdim lekin u yigit boshqacha Iymoni mustahkam dunyo qarashi xam boshqacha yigit edi u bilan yomon manoda gaplashmasdim 2-3 kundan kegin u mandan agar sizga sovchi qo'ysam uyizdigila sizni uzatishadimi dib so'radi man bu gaplani kutmagandim man indamadim. Rostini etsam jaxlim chiqdi mani ovozimni eshitmasdim o'zimni xayotda ko'rmasdan turib nega bunaqa didi man bilan xazil qivotimi dib uni druzyamdan o'chirdim. U qayta qayta yana drujba tashardi man qabul qilmasdim. Bir kuni kechki payt uyda TV ko'rib o'tirse onajonimni telfonlari jiringladi osala usha odnoklassnikidigi bola edi u adresimizni so'radi onajonim yo'q qizimiz yosh didila man xayron edim u qayodan onamni no'merlarini oganikin dib ko'p o'yladim shunaqa qilib oradan yarim oy o'tdi bir kuni o'qishdan chiqsam oppoq lasseti moshinasi turardi yonida bir bola gul bilan man ahamyat bermi o'qib ketvosam mani chqirdi va yonimga kelib usha yigitligi adresimni qidirib topganini etdi rosti usha paytda tush ko'rvotgandek edim chunki xayotda bunaqa bo'lishi mumkinmas dib o'ylardim. Xullas u uyimizga keldi uydila bilan gaplashdi uyimizdigilaga xam u yigit yoqdi. Faqat bir narsa mani otam yo'q edi bu gapni bilib xam yigit manga uylanmoqchi edi rostan xam otamni yo'qligini mani aybim emasku, xullas u bilan gaplashib yurardik uni oilasidigila xam mani oilamdigila xam buni bilishardi unga qattiq ishonardim, unga xiyonat qilish bu kechirilmas gunoh dib bilardim, u xam doim manga vafoli bo'lin manga xiyonat qimen siz mani gururimsiz dib etardi, Olloh guvoh man unga xech qachon xiyonat qimasdim uni qatiq yaxshi ko'rib qogandim ko'zimga undan boshqa ko'rinmasdi uyimizga boshqa joyladan xam sovchila kela boshladi, boy badavlat yigitla o'qishimga kelishardi xech biri xaqida eshitishiyam xolamasdim xammasiga yo'q dirdim. Yoqtirgan yigitim xam uyimdigila boshqaga uzatvorishlaridan qo'rqib to'yni tezlashtirishni xoxlardi lekin uyimdigila o'qishni tugatsin diyishardi. Shunaqa qilib u uyimizga xam kelib turardi. Uni Ollohim taqdirimga bitgan yigit dib xisoblardim xar doim joynamoz ustida Olloh doim biza bilan bo'l o'zing marhamatingni darig tutma dib so'rardim. Shunday qilib oradan yarim yil o'tdi u odnoklassnikida boshqa qizla bilan xam gaplashvotganini sezib qoldim Muslima qiz xar narsaga bardoshli bo'lishi kere sal narsaga urush qilish yaxshimas Gumon Iymondan ayiradi dib o'ylab unga xech narsa dimadim va xech narsa bo'magande gaplashardi oradan vaqt o'tib uni munosabati xam o'zgardi telfon qilishlari kamaydi shunda xam chidadim kegin esa butunlaey o'zgardi oxiri chidolmi unga nima bo'ganini so'radim u xech narsa dimasdi. Xar kuni o'qishdan chiqanimda unga tel qilardim bir kuni telimni zaryadi tugab qoldi o'qishdan chiqib tel qilomadim uyga kelishim bilan zaryadga qo'yib tel qildim ko'tarmadi kuni bilan qildim ko'tarmadi sms yozvordim bo'gan gapni u bo'sa bir o'giz bandman dib yozvordi nima bo'ganini chunmasdim, xullas kechasi telda gaplashdi u uxlagisi kevotganini etdi man xop didim kegin azgina vaqtdan so'n telimga sms keldi u yigitdan "Xafa bo'ma oilamdigila otasi yo'q qizni olib bermimiz diyishvoti xayr" dib yozibdi shu payt dunyo ko'zimga qorongu ko'rindi chunki otam yo'qligini xech kim yuzimga solmagandi otam yo'qligi mani aybim emasku dib ko'p o'zimga o'zim gapirdim, nega unda oilasidigila shu paytgacha indashmadi axir boshidan bu xaqda bilishrdiku dib o'yladim unga tel qildim ko'tarmadi ertasiga xam kutdim tel xam qimadi sms xam yozmadi onajonim nima bo'ganini so'radila ko'ngilari orimasligi uchun o'zimda ayb bo'ldi uni xafa qildim dib yolg'on gapirdim, chunki onam biza uchun xayotlarini bagishladila bu gapni esa ko'tarolmasdila. Xar kuni Ollohdan uni qaytishini so'rardim u qaytmadi mana oradan 2 oy vaqt o'tdi Olloh guvoh xaligacha uni qaytishini kutaman unga bergan vadamni buzmadim unga xiyonat qilmadim xaligacha sovchilar keladi xammasiga yo'q diyman axir ula qaytib qosalachi dib o'yliman, lekin dugonalarimi etishicha xozi judayam ko'p qizla bilan gaplashvotgan ekan, shu gaplani eshitsam xam ich ichimdan yegliman kegin o'zimga o'zim baribir mani yaxshi ko'radilaku dib o'yliman, agar boshqa qizni yaxshi ko'rib qogan bo'salayam baxtli bo'sinla diman o'zimga o'zim. Shu orada bir yigitni uyidan sovchi keldi ulagayam yoq didim lekin usha sovchilani yuvorgan yigit xar kuni kelardi u bilan gaplashgim xam kemasdi va unga mani tinch qo'yishini bu xarakatlari bekor ekanini sovchilani boshqa qo'ymasligini etdim! Qani etingchi man to'ri ish qildimi axir xozi u bilan gaplashsamu yuregimda xayolimda boshqa inson bo'lsa u insoni baxtli qilolamanmi?
OOTA ONANGIZ BORKU XAMASI YAXSHI BO'L;ADI KO'ZINGIZNI OCHING ATIROFGA QARANG SIZGA YAQIN BO'LGA INSONLAR BILAN GAPLASHING SIZ UNI UNITASIZ XURSAND BO'LING ERTAROQW KO'ZINGIZ OCHILGANIGA
Man uqip chqtim oxirigacha yana sevgi busayam xa shunaqade battar bugin kim busenam "muslima" qiz, iymonli oila a'zosi kim quyipti sanga odnoklassnikida bolla b.n tanishishi? Yana uyalmastan shuni yoziptiya e e ... Alloh hamamizga insof bersin
Uni qaytrwini kutman hayot davom etmoqda bir yigitni deb hoyotizni nobut qiliw kerakmas u yigit sizchalik sevganda bowqa qizga qaramas edi seviwganlar birga boliwiw uchun baxona kerak emas u yigit oldin ham wunaqa iwlar qilib yurgan balkim endi umir yoldowingizni hayotda bilib korib yurgan insonni tanlang hayotizni qolgan qismini umir yoldowingizga baxwlang insonga hayot 1marta beriladi.
Sevgi tugagani bilan hayot tugab qomiydi, shunchaki hayotga bo'lgan qiziqish so'nadi holos! Lekin sabr tiliman! Sabrni tagi sariq oltin! Manimcha endi uni kutishdan foyda yo'q. Lekin u uchun yoki boshqasi uchun o'zgarmang, sizni borligingizcha tan olishsin. "Mani borim shu" dib odamlani haqa qilib qoymeng. Balki bu sizga berilgan sinov bo'lishi mumkin. Hali hayotingiz oldinda. Baxtingizni bersin! Hali boshqasini yana uchratasiz, man bunga ishonaman. Yaxshi qoling! Xayr!
u sizdan keyinmas sizgacha xam bunaqa tanishuvlarni kup qilgan. Balki iymonli, etoqodli qiz bulganiz uchun xam xudoyim uni sizi hayotizdan chiqarib tashlagan. ilohim sizdakasini topolmasin. Siz unaqa inson mani hayotimda bulmagan deb tasavur qiling. Hayot hali oldinda
sizga maslahatim uyigittan kutulganizga hursant bolin tuydan keyin sizni tashlap ketsa nima kilardiz ollohga shukur desez bolardi siz sovchilarizga rozilik berin.hudo hohlasa boshka inson bilan bahtli bolasiz
SiZ uni unutin. Keyin u özga bowqa hayot y6lini topib b6bti nima qilas 6zizni qiynab. Sizniyam baxtli b6liwga haqiz bor. Uni unitin. Sov4ilani hammasiga y6 dimen u4rawib k6rin. Aqilili, mard, mehribon yigit u4rab qolar. Özizni qiynamen. Xöp so bölin. Iloxim baxtli bölin.
Janob Pirikol Nima siz qizlani ustdan kulvosizmi Nima qipti sevsa hudi õziz sevmagand gapriwiz qaren. Bir kun kelib sizam wunaqa sevib qolin a uwa qiz siz tawab ketsin yozvotkan gapiz õziz chnvosizmi nima devoman kimnigdir dilga ozor berwga uyalmisizmi Qizlani bevafo disla vafo kõrsatsa ustdan kulasanla. Esizdan chqmasn JANOP PIRKOL wu yozgan põstizga vaqti kelib afsus qilasiz Insoni bilmi turib sevgsni tuwunmi turib ustdan kulmen
Janob-prikol buncha o'zizi kotta tutasiz kim dib o'ylisiz o'zizi? Bilib qo'yin Olloh bor va u yagona siz yagona bo'lomisiz! O'zizcha mana man qaytmadimku dib yozibsiz lekin bilib qo'yin usha siz tashab ketga qiz endi sizni qaytishizga xam muhtoj bo'masa kere xali Olloh sizni boshizga shundo kunlani solib qo'yadiku bu gaplani gapirish uyoda tursin o'ylash xam miyezga kemidi, Siz usha qizni tashab ketganizga xursansiz xali xayot oldinda shoshmen xali Olloh sizni bundanam battar xursan qib qo'ymasin ehhh tufu sizdeka yigitlaga... Gapirgandan foyda yo'q bunaqa noinsoflaga bulani gaplarini javobi bor xali usha paytda mashu yozgan ummonizni ashulasiyam foyda bermidi
janob-prikol uzizdi ja aqlli hisoblisizmi shunchali. Qiz aybdormish atak yomon qizladan ja qutulolash uziyam. Yahshi qizlani shunaqa qadriga yetmidiganlayam bor.
Uzr agar gaplarim og'ir botsa. Sevgi avval va faqat Ollohga. Odnoda seviw esa o'tib tushgan ahmoqlik. Namozxon oilada tug'ulganman didiz. Shunichunam yozganizga iwonib javob bervomman. U siz uchun hech kim. Takshto kutishga majburmassiz. Bolani qigan ishi...
SINIM U BOLANI KUTMEN OLLOH JAZOSINI BERADI SIZ IRODALIKANSZ KEVOTGAN BOLAGA XOP DIN SIZI ANIQ BAXTLI QLADI.OLLOHM TAQDIRIZGA KIMI YOZGAN B6SA UWA B6LADI.NOMOZIZDA 6ZIZGA 6XWAGAN MEHRIBON SADOQATLISINI U4RAWINI OLLOHDAN S6REN.ROBBIM MEHRIBON.
Man xam 2009 chi yildan beri bir bolani sevaman u mani birinchi muxabbatim Uni wu kungacha undan kiiyin xam kutaman !!! u qaytta qaytta keldi afsus uwandegiga uxwamadi Bari bir nimadur kamde tuyildi aka uka bulib gaplawgandik sevishmagandik lekin man uni xali xanuz pinxon sevaman
u yigiti bowqa muommosi bor manimcha. yigit nomardi iwini qipti. (sinim siz hafa bomen xayot hali oldinda hamasi yaxwi bölad). bu dunyoda hech kim abadiy yawamidi, kimmidir otasi kimmidir onasi kimlanidir farzandi yöq böliwi mumkun, lekgn bu dgani hayot tugadi dganimas sabrli bölib yawawga majburbiza. (siz köp kuyunmen siz albata baxtli bölas!)
AFSUS, DEMAK U YIGIT SIZNI CHIN DILDAN SEVMAGAN, AGAR SEVGANIDA NIMA BO'LGAN TAQDIRDA HAM SIZNI TASHLAB KETMASDI. .....SABR QILING, BIR KUN OLLOH SIZGA G'OYIBDAN BAXT ATO ETADI.
синглижоним бу яратган Роббимнинг синови! аслида ман куп хикоялани укийману лекин комментария колдириб утирмасдим. сиз езганларизи укиб бошкача булиб кетдим:( Юрагингизга кулок тутинг. Манимча сиз уз хаетизи бу ерга езиб адашгансиз чунки бу ерга катта хам кичик хам киради ва хамма уз фикрини билдиришга харакат килиб хамма узини хак деб уйлаб хар хил маслахат беришади. Сиз шу ерда берилган маслахатни кайси бирини килиши фаркига бормай коласиз бу мани шахсий фикрим. Манимча яхшиси хаммадан кура онаиздан маслахат сураганизда узизга хам оилаизга хам яхширок буларди хар холда онажонизла купни курган яхши емонни фаркига борадиган тажрибалирок деб уйлайман. Гап но урин булса олдиндан узр.
[olloh]dan boshqaga kungil quesh uni sandan yiroqlashtiradi sevish bu turmushdan kegindur a turmushgacha uni urganiladi ushanda harxil holatlarni oldi olinadi Sevish faqat (olloh)uchundur ushanda yuqotish bumedi
Obbo yigitla qachon vadasida turgan axmoq qiz unuting uni u endi qaytmidi qaytganda ham avvalgide bölmidi siz xoz uni kutasiz xöp agar kelmasa nima böliwini öylavosmi hayotingiz barbod böladiyu eh netda seviwmasli kere
Bilasizmi menda ham shunday voqea bo'lgan lekin biz odnoda taniwmaganmiz u lekin bir birimizni judayam qattiq sevardik hamma havas qilardi maktabda o'qib yurdan paytimizda bir birmizga yordam berib uy vazifalarini birgalikda qilardik men unga ko'pincha vafoli bo'ling sizdan bowqasini demayman dirdim keyin u oxrgi payt o'zgarib qoldi kundan kunga o'zgarar har kuni hech bo'maganda bir martta bo'sayam urush kovlegon bo'lib qoldi biz ham tez tez telefonda gaplawib turarardik keyinchalik tel qilmay qo'ydi oradan 2 oy o'tgach bildam u qiz boylikka uchib yomon qiz bo'lib ketibdi lekin man iwonme 1.5 yil boldi haliyam kutyapman sizga maslahatim kuting taslim bo'men.