Agar o'lsam, tobutimga tikilmagin Joning qiynab jonim hech ham siqilmagin Bag'ring tig'lab bir kun mendek yiqilmagin Ota-ona hohishiga qurbonginam Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam Ota-onang boyga seni sotdilarmi Zarga o'rab, boy dargohga otdilarmi Baxting sotib huzur qilib yotdilarmi Ishqin oshkor etolmagan qurbonginam, Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam Yig'lamagin, men g'arib deb to'kma ko'z yosh, Oq libosing, yarashibdi, qayrilma qosh, Endi mening osmonimda so'ndi quyosh, Ishqin zarga sotgan narxi arzonginam, Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam Seni ko'rmoq endi menga sarob bo'ldi Yoring bo'lmoq edi orzum xarob bo'ldi Oq niyatlar xayollarda-yoq sob bo'ldi Xayolda bir baxtli bo'lgan xayolginam Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam.