Главная » 2014»Октябрь»9 » AQSh rossiyaliklarning eng katta dushmani deb topildi.
19:15
AQSh rossiyaliklarning eng katta dushmani deb topildi.
Rossiya fuqarolari AQShni eng katta dushman deb bilishlari ma’lum bo‘ldi. Jamoatchilik fikrini o‘rganish butunrossiya markazi o‘tkazgan so‘rovlar aynan shunday natijani ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 73 foizi AQShni Rossiyaga nisbatan dushmanlik munosabatida, deb hisoblashi ma’lum bo‘lgan. 2008-yilda bu ko‘rsatkich 25 foizga teng edi. So‘rov qatnashchilarining 32 foizi Ukrainani, 10 foizi Yevropa Ittifoqini, 10 foizi Germaniyani, 9 foizi Angliyani va 6 foizi Polshani Rossiyaga dushman deb hisoblaydi. Rossiyaning eng katta ittifoqdoshi sifatida so‘ralganlarning 51 foizi Xitoyni ko‘rsatgan. 6 yil oldin bu ko‘rsatkich 23 foizga teng bo‘lgan. Shuningdek, so‘rov qatnashchilari Rossiyaga do‘st sifatida Belorussiya (32 foiz), Qozog‘iston (20 foiz), Hindiston (9 foiz), Braziliya (4 foiz) va Kuba (4 foiz) davlatlarini ko‘rsatgan. Tadqiqot 20−21-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining 42 ta ma’muriy birligida 1600 kishi ishtirokida o‘tkazilgan.