Mac mini va iMac stol kompyuterlarida, shuningdek 13 dyuymli noutbukda ARM arxitekturasiga ega 64 razryadli to‘rt yadroli protsessor ishlatiladi. Ayni paytda bunday mikrosxemalar faqat smartfon, planshet va serverlarning alohida modellari uchun qo‘llaniladi.
Yangi qurilmalar Magic Trackpad sensorli paneliga ega klaviatura bilan jihozlanadi.
Nashrning yozishicha, ARM-arxitekturaga o‘tilgan taqdirda, Apple stol kompyuteri va noutbuklardagi dasturiy ta’minotni ham unga moslashi kerak bo‘ladi. Kompaniya bunday tajribani 2005-yilda boshidan o‘tkazgan. O‘shanda u PowerPC protsessorlarini x86 arxitekturasiga ega Intel mikrosxemalari bilan almashtirgan edi.
Ta’kidlash joiz, smartfon va planshetlarda 64 razryadli mikrosxemaga o‘tish natijasida har ikkala operatsion tizim (Mac OS va iOS) uchun dasturlar versiyasini yaratish osonlashadi.