15.02.2015 // Texnologiyalar Apple elektromobil ishlab chiqmoqda — OAV Apple kompaniyasining yuzlab xodimlari elektromobil loyihasini ishlab chiqish bilan band, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha Titan deb nom oldi, uning doirasida miniven shaklidagi avtomobil dizayni ustida ish olib borilmoqda. Gazeta ta’kidlashicha, Apple ko‘pincha ma’lum bir mahsulot yaralishiga olib kelmaydigan tadqiqotlar bilan band bo‘ladi, biroq elektromobil loyihasi ustida ishlayotgan guruh hajmi jiddiy niyatdan darak beradi. Bundan tashqari, The Wall Street Journal so‘nggi paytlarda Apple sanoat dizaynerlari orasida o‘tmishda avtobozorga aloqador bo‘lgan xodimlar paydo bo‘lganini yozmoqda. Apple’dagilar elektromobil ishlab chiqilayotgani haqidagi xabarlarni izohlashdan bosh tortdi.