Andijon viloyatining Asaka tumanida Pomidor kuni nishonlanadi. Hasanboy Sodiqov nomidagi fermer xo‘jaligi rahbari U. Yusupovning aytishicha, Andijonning Oltinko‘l tumanida bodring, Bo‘zda handalak, Paxtaobodda qora kishmish kunlari nishonlanadi. “Biz ham ulardan qolishmaymiz”, — dedi u.
“Anons” nashrining xabar berishicha, tumanga bir necha yil avval bog‘-sabzavotchilik nomi berilgan. U yerda 289 fermer xo‘jaliklarining besh ming gektardan ortiq hududida meva va sabzavotlar yetishtiriladi, mahalliy iqlim, ayniqsa pomidor uchun qulay.
Pomidor kuni doirasida yarmarka tashkil etilib, pomidor bilan bog‘liq mahsulotlar: tuzlangan, marinadlangan pomidor, ketchup va boshqalar taqdim etiladi. Dasturning ko‘ngilochar qismi sifatida mehmonlarga pishirilgan va qiyma solingan sabzavotlar tortiladi.
|