22 noyabr kuni ertalab Amerikaning Texas
shtati shossesida yuzga yaqin mashina
to'qnashgan. KFDM Channel 6 tarqatgan
ma'lumotga ko'ra, halokat natijasida 50
dan ziyod kishi jabrlangan, yana bir kishi
esa halok bo'lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, shu yaqin
atrofda joylashgan beshta kasalxonaga 51
nafar jabrlangan kishi etkazilgan.
Jabrlanganlarning sakkiztasi og'ir ahvolda.
Odamlarni mashinalardan chiqarib olish
uchun qutqaruvchilar maxsus texnikadan
foydalanishiga to'g'ri keldi.
YTH tufayli avtomagistralning ikkala
tomonidagi harakat vaqtinchalik yopib
qo'yildi. Soat 12.00 da harakat g'arbiy
yo'nalishda tiklandi. Sharqiy yo'nalish
faqat 8-10 soatdan keyin ochilishi
kutilmoqda.
Halokat sabablari ma'lum qilinmayapti,
ammo OAV tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra,
ertalab shosseda kuchli tuman bo'lgan.
2012 yil yanvarida shunday tuman Texasda
oxirgi yillarda yuz bergan eng yirik halokat
sababiga aylangandi.
amerika ssrni par4alawi mumkin iroqni bosib oliwi mumkin krizisni oylab topiwi mumkin LEKIN ALLOHNING IRODASINING OLDIDA OJIZDIR!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!