Hamma g alabalar o z ustingdan qozonilgan g alabadan boshlanadi. L. M. LEONOV Haqiqiy buyuklik o zni tuta bilishdan iborat. F. LAFONTEN O'zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne'matlarning biridir. J. PRENTIS O'zingizni tuta bilar ekansiz, hukmingiz ham buyuk bo ladi. SENEKA Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo lmasdan, o z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir. DEMOKRIT O'z ruhini bo ysundirgan kishi shaharlarni zabt etgan kishidan ham kuchliroqdir. E. XEMINGUEY Hayotdagi eng birinchi va eng asosiy fazilat o zni tutishga harakat qilishdir. V. GUMBOLT Qalbning qudratli ustivorligi mislsiz in'omdir. U bor ekan, hayotda hech narsa qo rqinchli emas. ARXILOX O'zini yenga bilgan kishidan ko ra kuchliroq g olib yo q. G. BICHER O'zini mardona yenga olish men uchun har doim ongli inson faxrlansa arziydigan eng buyuk yutuqlardan biridek tuyulib keladi. P. BOMARSHE O'zini tuta biladigan kishigina erkindir. F. SHILLER Mardlik bilak kuchida va shamshir o ynatish san'atida emas, mardlik o zni tuta bilishda va adolatli bo lishdadir. SA'DIY Inson o ziga-o zi bo ysunishni va o z qarorlariga itoat qilishni o rganmog i kerak.