Konfutsiy Ustoz aytardi: — Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o’ylasang-u o’qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan. Ustoz aytardi: — Qadimlarda kam so’ylashardi, o’z so’zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo’rqishardi. Gyote
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga! Parchala, hukm sur! Qanday beorlik! Birlashtir, yetakla! Eng go‘zal boylik!
Laroshfuko Haqiqiy chechanlik kerakli gapning hammasini aytib, keragidan ortiq hech narsa demaslik qobiliyatidir. Olamda erishish mumkin bo‘lmagan narsalar juda kam. Agar bizda qat’iyat ko‘proq bo‘lganida istagan maqsad sari eltadigan yo‘lni topa olardik. Insonning hamma umidlari chippakka chiqsa, bu ularning do‘stlariga ham, dushmanlariga ham yoqadi.
Noma'lum Tarix shirin o‘y va orzularga burkangan ideallar ko‘milgan qabristondir.
Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik va mag‘rurlanishda.