Главная » 2014»Декабрь»24 » 7 yoshli bola iPhone 6’ning biometrik himoyasini buzib o‘tdi
10:08
7 yoshli bola iPhone 6’ning biometrik himoyasini buzib o‘tdi
7 yoshli amerikalik Xamilton Grin ismli bola iPhone smartfonining 5S’dan boshlab yangi modellarida ishlatiladigan biometrik tanishtiruv tizimini buzib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. CNN Money bergan xabarga ko‘ra, Xamiltonning otasi − axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Metyu Grin iPhone 6 Plus smartfoniga ega bo‘lib, ushbu modelda ham faqat apparat egasining barmog‘i tekkandagina ekranni ochadigan Touch ID tizimi mavjud. Smartfondagi sevimli o‘yinlarini o‘ynash maqsadida Xamilton o‘z “operatsiyasi”ni tongda, otasi uxlayotganda amalga oshirishga qaror qiladi. Ota-onasining yotoqxonasiga kirgan bola otasining bosh barmog‘ini Touch ID sensor tugmasiga olib borib, ekranni blokdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Smartfoniga Minecraft va Angry Birds Transformers singari o‘yinlarni o‘rnatgan Metyu uyg‘ongach, o‘g‘lini qilgan ishi uchun koyimagan. Jon Xopkins universitetida kriptografiya va axborot xavfsizligidan dars beruvchi Grin ushbu voqeaga izoh berarkan, Apple tomonidan ishlatilayotgan himoya tizimi mustahkam emasligiga amin ekanligini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, bunga boshqa dalillar ham mavjud. Masalan, AQSh sudi qotillik jinoyati ko‘rib chiqilishi vaqtida politsiya smartfonni barmog‘ izi yordamida blokdan chiqarishiga ruxsat bergan edi. Shu sababli ham Touch ID o‘rniga oddiy paroldan foydalanish tavsiya etilgan.