Главная » 2013»Август»18 » 63 yoshli otaxon butun O‘zbekistonni piyoda kezib chiqdi
22:18
63 yoshli otaxon butun O‘zbekistonni piyoda kezib chiqdi
63 yoshli Adham Hasanov butun O‘zbekiston bo‘ylab piyoda kezib chiqdi. U 5500 kilometr masofali yo‘lni bosib o‘tgan. Bu haqda uz24.uz xabar qiladi.
"Adolat ko‘zgusi” gazetasida yozilishicha, Hasanov avvaliga Toshkent-Namangan-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga tushdi. U 500 kilometrlik masofani 17 kunda bosib o‘tdi.
Keyin u Toshkent-Sirdaryo-Jizzax-Qashqadaryo-Buxoro yo‘nalishlari bo‘ylab sayohatini davom ettirdi. Shubhasiz, 1200 kilometrni tashkil etuvchi bu olis manzilni piyoda kezib o‘tish oson kechmadi. Yo‘lovchining qayd etishicha, bunga 29 kun vaqt sarflandi. Qahramonimiz mamlakatimiz bo‘ylab qilgan sayohatining so‘nggi bosqichida Buxorodan Nukusgacha 1350 kilometr masofani bosib o‘tdi. Buning uchun 41 kun piyoda yurishga to‘g‘ri keldi.
"Sayohatim davomida har bir go‘shaning iqlimini, yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvonlarini obdon o‘rganishga odatlanib qoldim. Balki shu sababli sayohatim mobaynida hech qanday tabiat to‘siqlariga duch kelmadim”, – deya ta’kidlaydi Adham Hasanov.
Shuningdek, qahramonimiz Ginnes rekordlari kitobiga kirishni orzu qiladi.
otaxon yoshiz 63 yoshda ekan biror joyda ulib qomang undan kura oyogni uzatib choyni ichib yotsayiz bullmaydmi nega surxandaryoga kemadiz kemaganzam yaxshi yullar juda rasvo kemagniz yaxshi otaxzon rekord urnatay depszda bu ishiz yaxshi omat otaxon
xayronman, shu Buxorodan Nukusgacha bolgan cho'listonni qanday zabt etgan ekan bu otaxon?! Avtobus tugul yengil mawinada sabri chidame ketadiyu odami bu qumlar orasida.