Garchi dunyoda bashoratchilar bo’lsada ularning deyarli barchasining taxmin qilgan bashorati to’liq 100 foiz amalga oshmagan. Hech qaysi bir inson hayot qachon boshlanib qachon tugashini aniq aytib berolmaydi. Lekin shunday bo’lsada 2009 yil ohirida odamlar orasida 2012 yil haqidagi shov shuvlar juda avj oldi. 2012 yil ohir zamon degan hulosaga ko’plab insonlar har hil sabablarni ko’rsatishmoqda. Masalan tug’ilayotgan chaqaloqlarning ba’zilarining tanalaridagi har hil yozuvlar, Katta toshqinlar, minglab odamlarning boshpanasiz qolishiga sababchi ofatlarni sodir bo’lishi odamlarni o’ylantirib borayapti.
Aslida 2012 yil gap so’zlarga qolishiga o’tmishdagi bashoratchining taqvimi sababchidir. Qadimgi Hindular davrida Mayan nomli bashoratchi o’z bashoratini taqvim tarzda tuzib dunyodagi barcha sodir bo’ladigan hodisalarni yozib qoldirgan. Buni qaranki, taqvimda 1775-1776 yilda katta bir davlat o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi va katta mukofot qo’lga kiritishi yozib o’tilgan ekan. Bu esa Amerika davlati mustaqilligi va Fransiya tomonidan Ozodlik haykali hadya etilgani ko’zda tutilgan deb ta’kidlangan. Lekin Mayan taqvimida ko’p hodisalar hayotda sodir bo’lmagan. Mayan taqvimi 2012 yil 21 dekabrgacha tuzilgan ekan. Shu kun ohirat zamon deb yozilmagan bo’lsada bashoratchilarning ba’zilari aynan shu kunda hayot tugashini ta’kidlashgan. Hatto Gollivud kino ijodkorlari tomonidan "2012” nomli kino ham suratga olishga ulgurildi.
Agarda o’tmishdagi fikrlarga nazar tashlaydigan bo’lsak huddi 2012 yildek, 2000 yil ham juda shov shuvli yil bo’lgan. Ko’pchilik bu bashoratga ishonib cho’chigan bo’lsa, ba’zi insonlar esa umuman beparvo qabul qilishgan.
Hayotda hamma narsa bo’ladi. Inson qachon tug’ilib qachon dunyoni tark etishi, dunyo qachon bo’lishi va bo’lmasligi faqatgina yaratganga ayon. Bunday bashoratlarga ishonish ishonmaslik esa faqatgina biz o’zimizga bog’liq.
|