Bir yigitni yaxshi ko‘rardim. U ham meni yaxshi ko‘rardi. Ammo u menga bevafolik qildi.
Bir kuni sevgan yigitimga qo‘ng‘iroq qilsam, (aslida, unga kamdan-kam qo‘ng‘iroq qilardim) menga: “Ertaga uyingga sovchi yuboraman. Kutgin. Senga uylanmoqchiman”, — dedi. Uch kun kutdim. Sovchilari kelmadi. Qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni boshqa qiz oldi. Hayron bo‘ldim. Undan kimligini so‘rasam, “Men sevgan qiziman. Hozir restoranda o‘tiribmiz. Boshqa qo‘ng‘iroq qilmagin”, — dedi. Vaholanki, u bilan ikki yildan beri bir-birimizni sevardik. Keyin o‘zi bilan gaplashdim. Boshqa qizni sevishini tan oldi. Ertasi kuni o‘sha qiz boshqa raqamdan qo‘ng‘iroq qilib: “Unga telefon qilma. U menga uylanadi. Uyimga sovchi yubordi. Ota-onam ham rozi bo‘ldi. Bizlarni tinch qo‘y”, — dedi.