Sevinch
Mo`minova Sevinch. 30-iyun kuni Farg`ona shahrida tug`ilgan. Mukofoti: “Zulfiya” mukofoti. Ilk qo‘shig‘i: ispancha tarona. Omad keltirgan qo‘shig‘i: “To‘lin oy”.
Millati: metis (o‘zbek+azarbayjon).
Ilk klipi: “Bevafo yor”. Unga 800 dollar sarflagan. Albomlari: “To‘lin oy” (2003 y), “Sog‘indim” (2004 y), “Yuragim nolasi” (2005 y), “Yagonam” (2006 y), (“Yagonam” albomini avval “Senga og‘ir, menga qiyin” deb atamoqchi edi, ammo...) Suratga tushgan filmlari: “Dilxiroj”da-Sanam (2002 y), “Baxt uchun million”da-Sarvinoz (2005 y), “Sunami”da-Sevinch (2006 y). Barchasida bosh rollarda.
San’atdagi ilk qadami: Oxunjon Madalievning “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” qo‘shig‘ining klipiga suratga tushishdan boshlangan.
Sevimli sport turi: suzish. Xit qo‘shiqlari: “To‘lin oy”, “Unutolmayman”, “Sevib yashayman”, “Hayot”, “Olib ket”, “Yagonam”, “Begona”, “Zolim”.
Qo‘shiqlarining soni: 50 tadan oshgan. Ilk kontsert dasturi: maktab davrida sinfdoshlari bilan qo‘yilgan. Hatto unga chipta tayyorlashib, qog‘oz pulga sotishgan ham.
|