Bugungi kunga qadar yosh ammo katta yutuqlarda erishib kelayotgan taniqli, iste'dodli rejessyorlardan biri bo'lmish, Jahongir Poziljonov kino olamida kundan kunga yuqori pog’onalarni egallab bormoqda. Rejessyorning ikkita suratga tushirgan filmi mavjud, bular barchaga sevilgan "Boyvachcha" hamda "Amakivochchalar". Har bir suratga tushirilgan filmi tomoshabinglarning yuraklaridan joy egallay oldi. Jahongir Poziljonov bilan birgalikda ish olib borgan barcha aktryorlar uni juda hurmat qiladilar. Aktyorlrning aytishlaricha Jahongir juda talabchang, ya'ni s'yomka jarayonida aktyorlardan ko'p narsalarni talab qiladi, ammo hazlsiz ham s'yomka o'tmaydi. U o'z ishiga samimiylik bilan qaraydi. Ayni vaqtda rejessyor yangi "Achchiq hayot" nomli kinofilm ustida ish olib bormoqda. Barchangizga ma'lum bo'lganidek Jahongir estrada olamiga ham o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Aynan shu sohasidagi kasbdoshini, ya'ni Ziyoda ismli xonandani juda hurmat qiladi. Rejessyor sifatida ish yuritib, u Ziyodani bosh rolga taklif etdi, iste'dodli xonanda albatta rozi bo'ldi. Jahongir Poziljonov o'zi filmni suratga tushirayotganligiga qaramay, bosh rolni ham ijro etadi. Demak ikkita iste'dod egasini katta ekranlarda tomosha qila olamiz! Filmning syujeti albatta muhabbat mavzusiga tegishli, ammo komedik shaklida ishlangan.