Pokiston poytaxti Islomobodda yashovchi 25 yashar qiz sevgan yigitidan keyingi paytlarda shubhalana boshlagandi. Xo‘sh, nega to‘yni cho‘zayapti u? Turmush qurish niyati bormi-yo‘qmi o‘zi?.. Ana shu xayollar bilan uchrashuvga bordi va masalani ko‘ndalang qo‘ydi. Yigitdan aytarli javob ololmagach, jahl otiga mingan qiz yigitni pichoqlab qo‘ydi. Qizning so‘nggi gapi shunday bo‘lgandi: — Meniki bo‘lmaysanmi, demak, hech kimga nasib etmaysan! Politsiyachilar qotilni shu kuniyoq qo‘lga olishdi.