"SMS yuborish" manziliga o‘ting; Ochilgan oynada "Parol olish" manziliga o‘ting; Mos kataklarga telefon raqamingiz va rasmdagi nazorat kodini kiritib, "Yuborish" tugmasini bosing; Bir yoki bir necha daqiqalar ichida telefoningizga avtorizatsiya uchun SMS xabar ko‘rinishida parol keladi; Mos kataklarga telefon raqamingiz va kelgan parolni kiriting; Sayt orqali bepul SMS yuborish uchun "Telefon raqami" katagiga qabul qiluvchi abonent telefon raqamini kiriting va quyiroq katakda xabaringiz matnini yozing; "Xabarni yuborish" tugmasini bosing.
Xizmatdan foydalanish qoidalari: "Web-SMS" xizmatidan faqat UCell abonentlarigina foydalanishlari mumkin va faqat UCell abonentlarigagina xabar yuborish mumkin; Lotin alifbosida yozilgan xabarlar 160 tagacha belgini o‘z ichiga olishi mumkin. Rus (kirill) alifbosidagi hattoki bir simvolni o‘z ichiga olgan xabarlar 70 belgi bilan cheklanadi; Senzuraga xos bo‘lmagan, tazyiq yoki haqorat tarzidagi xabarlar yuborish ta’qiqlanadi; Xabarlarning maksimal miqdori – soatiga 20 SMS.