So'nggi qo'ng'iroq.... Bugun hammaning ko'zlarida yosh, Ajralishib ketmoqda sinfdosh, .... Ey, sinfdosh, ey, sinfdosh, Unutma do'stlaringni... eslab yuraylik maktab chog'larni... Bugun maktab ostonasin hatlab so'nggi bor O'n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun. Endi xayot darsxonangiz bo'lar, maktabda Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun. Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang, Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto. Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang, Lekin o'tgan maktab davrin unutmang aslo! Axir oson bo'lmagandir 11 yil kutmoq, Bekor sarf bo'lmagandir 11 yil umr. Oson bo'lmas ustozlarning etagin tutmoq, Barchasining o'z gashti bor, qilingiz sabr. Balki sizga unut bo'lgan, eslarsiz balki, Shu dargoxga qadam qo'ygan jajji qizaloq, Yo bolakay edingizlar, quvonchga to'lib Kutgandinglar chalinishin ilk qo'ng'iroq. Alifboni tanimagan sofdil qizaloq Katta bo'lib onasiga berar maslaxat. Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq Bugun endi o'zimizga qilar nasixat. 11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish: Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat. Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi do'stlik, Kimlargadir nasib bo'ldi sof bir muxabbat. Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini, Vazifani ko'chirmoqqa bo'lmaydi imkon. Kundalikka qo'yilmaydi "2" baxolar, Biling endi, xatolarni kechirmas zamon. Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi partadosh, Endi sirdosh bo'lolmassiz, unutmang biroq: Do'stlaringiz bir umrga bo'lar yelkadosh, Do'stlik uchun chalinmaydi so'nggi qung'iroq. So'ngi qo'ng'roq.
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom, Yuragimdan chiqar dil izxorlarim. Opalarim akalarim ketishar bu kun, Chunki chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.
Dillarni titratib so'ngi qo'ng'roq, Maktab dargohidan qiladi yiroq. Ustozlarim ko'zidan tirqiraydi yosh, Chunki chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.
Ko'zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim, Maktab dargohini tark etar bu kun. Yangi hayotga ham qo'yishar qadam, Chunki chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.
Men ham bir kun kelib tark etarman deb, Ustozim ko'ziga mayus boqaman. Opalarim maktabni tark etib ketdi, Chunki chalinmoqda so'ngi qo'ng'roq.
Maktab dargohini tark etib ketish, Men uchun azobdir bu axir azob. Yuragimni ezar og'ir bir qiynoq, Chunki chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.
Quvonchlarim cheksiz, biroq, ayriliqdir og'irroq Yuraklarga larza solar, har on so'nggi qo'ng'iroq... Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq.... Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq! Vatan mehri ulgaytirdi, oq yo'l bering bizlarga, Ta'zim ila rahmat deymiz, jon ustozlar sizlarga.. Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq.... Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq! Равшан Собиров & Сетора – Хайр Мактабим! Равшан: Бахорнинг Сунги Кунлари Тугар Болалик Чоглари Жаранглайди Сунгги Кунгирок Хайр Мактабим, Хайр Дустларим, Шухлигим Сетора: Афсус, Афсус Эндигина Кадринга Мен Йетганимда Мен Багриндан Учиб Кетаман. Янги Хаётга Ок Йул Тилайсан, Сен Бизга! Припев: 2 Раза Хайр Мактабим! Хайр Шухлигим! Биринчи Севгим Хайр! Хайр Дустларим! Равшан: Ишонмасдим Неча Йиллар Калбимдаги Туйгуларга Факат Бугун , Мен Шуни Билдим! Канчалик Жоним Сен Кераклигин Менга! Сетора: Ёдимда Сен Ёзган Мактуб Бегубол Севги Изхори Кайтгим Келар Уша Кунларга , Болалигимга, Сен Билан Бирга , Мактабга!
|