|
Parodiyalar...
Rayhonning taniqli "Hech Ayrilma" taronasining parodiyasi sizlarga muntazir. Rayhon ijrosida, Nosga sira xushim yo`q Aroq bilan ishim yo`q Menda xumor tutmaydi Lomka bilan ishim yo`q Konyak o`zi tikondir Alkashning bag`ri qondir Jonga azob bermanglar Dispanser juda yomondir Chorus: Agar cho`ntagingda puling bo`lsa Agar karmoningda dollar bo`lsa Sprayt bilan doim birga bo`l Hech ayrilma Aroq o`g`irlab bo`lmas Hech kim tekinga bermas Qadring uchun kuylayman Alkashlik o`zi bo`lmas Pivobarga qayrilma Viski ichib eshilma Qo`lingdagi Sprayt bilan Birga bo`l hech ayrilma Chorus: Agar cho`ntagingda puling bo`lsa Agar karmoningda dollar bo`lsa Sprayt bilan doim birga bo`l Hech ayrilma Otabek Mutalho`jayev.Hazon “HAZON” Otabek Mutalxo`jayev ijrosida, Uchlar ingrar zachotkamda Rektoratni yolg`iz kezdim Uch olmagan bola edim Bugun o`zim tupoy sezdim ... Qaydan seni uchratdim man Darsga kirsam bo`lmasmidi Darslarga kirsam jurnal NB bilan to`lmasmidi Chorus: Kelib-kelib, kelib kelib Senga tushib ko`zim mani Uchlar qiynar zor-intizor Bag`rim ezar stipendiya mani Domla zori, cho`ntak ozori Natijasiz sevgi azobi Ketolmaydi yuragimdan Mast qildimi besh sharobi O`ynar shodon talabalar Uch olganim bilmaydilar Ikkilarim ovvoralar Hazonlarga o`xshaydilar Chorus: Kelib-kelib, kelib kelib Senga tushib ko`zim mani Uchlar qiynar zor-intizor Bag`rim ezar stipendiya mani. “TO`YING KUNI” Erkin Xudoyqulov ijrosida, To`ying kuni talpada qoldim Osh yeyman deb bir musht yevoldim Sho`rvani ham icholmay qoldim To`ying kuni oshga to`ymadim Fingal ko`zdan tomchilar yomg`ir Sen ham meni urmasding axir To`ying kuni talpada qoldim Ular faqat so`ymadi jonim Ko`zlarimni o`ymadi jonim Qornim oshga to`ymadi jonim To`ying kuni talpada qoldim Ulug`bek Rahmatullayev ijrosida, Tinmay ikki qo`yar domla Talabadan so`ramay Zachyotkani bejab qo`yar Besh qo`yishni o`ylamay Aroqmi yo, vinomi yo Talabini bilmaysan Aytganini keltirsangda Bahoni ololmaysan Sal gapirsang ikki qo`yib G`ash qiladi ko`ngilni Keyin izlab qolasan Har ko`chadan dumbulni Ishqibozdir go`yo domla Konyaklarning dodasiga Bir kechada o`t tushsin “YIRTIQ YUBKA” Shahardagi talaba o‘g‘lini ko‘rishga qishloqdan kelgan boboning deganlari) G‘oyat ko‘rkam bu shaharda go‘zal qizlar ko‘p muncha? Sariq, malla boshlilarni unutmasman o‘lguncha. “Chavo-chavo” deb biriga men o‘zbekcha so‘z qotdim, U o‘zbekcha gapirganda o‘zimni-da yo‘qotdim. Saqich chaynab, “achka” taqqan kalta sochli go‘zallar “Mo‘da”larni quvib-quvib, bir-biridan o‘zarlar. Ular kiygan yarim ko‘ylak ikki cheti so‘kilgan, Ko‘zi tushgan yigit borki, “o-oh” urgancha o‘kirgan. Nima, ulim, bu shaharda igna minan jip jo‘qma? Yirtiq kiyim ko‘rgan kulmas, ko‘ngil shunga yo to‘qma? Bundaylarga duch kelsam-ey, dilim andak g‘ashlanar, Oqshomlarda yirtiq joydan chaqmaydimi pashshalar? Endi aynam, safar qarib, men qishloqqa qaytaman, Lekin ketar chog‘im senga bitta gapni aytaman: Yaxshiyamki, apkemapman qari qaysar enangdi, “Jirtiq yupka apper” derdi, ko‘rar eding kinangdi. Yupkasiyam boshdan qolsin, kiysa, ko‘ngli to‘lardi, Lekin “shortik kiying siz” deb menga balo bo‘lardi... Hech kim hafa emas degan umiddamiz. Bu faqat va faqat parodiya.
|