Kema kapitanimisiz yoki yo’lovchi? Biznesda muhim xususiyatlardan biri – boshqaruvchilik qobiliyati. Agar boylikni bir dengiz deb bilsangiz, unda muvaffaqqiyatli sayohat qilmoq uchun siz albatta kema kapitani bo’lishingiz kerak. Ammo, bu qo’lingizdan keladimi? Zarur o’rinda tadbirkorlik, qat’iyat va uddaburonlik ko’rsata olasizmi? Orqangizdan odamlarni ergashtirishni eplaysizmi? Quyida taklif etayotganimiz 15 savolga javob bering va ballarni hisoblab, ta’rifni o’qib ko’ring. 1. Hayotimda ro’y beradigan har bir hodisaga o’zim javobgarman. Ha – 10 ball Yo’q – 0 ball Bilmayman – 5 ball 2. Agar ba’zilar menga nisbatan munosabatini o’zgartirganda edi, hayotimda shuncha muammo bo’lmas edi. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 ball 3. Muvaffaqqiyatsizliklarim haqida o’ylab o’tirishni emas, harakat qilishni yoqtiraman. Ha – 10 ball Yo’q – 0 ball Bilmayman – 5 ball 4. Ba’zan “omadsiz yulduz” ostida tug’ilganday bo’laman. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 ball 5. Ichkilikbozni ko’rganda, hammasiga o’zi aybdor deb o’ylayman. Ha – 10 ball Yo’q – 0 ball Bilmayman – 5 ball 6. Ba’zan hozirgi ahvolimga boshqalar sababchi, deb o’ylayman. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 ball 7. Agar shamollab qolsam, shifokorga yugurmasdan, o’zim davolanaman. Ha – 10 ball Yo’q – 0 ball Bimayman – 5 ball 8. Ayollarning ko’pchilikka yoqmaydigan maydagap va injiqligiga ularning o’zi emas, atrofdagilar aybdor, deb bilaman. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 ball 9. Har qanday muammoni hal qilish mumkin, har qanday hayotiy qiyinchilikka uchraganlarni tushunmayman. Ha – 10 ball Yo’q – 0 ball Bilmayman – 5 ball 10. Menga bir zamonlar berilgan yordamdan hamon minnatdorligim uchun o’zim ham boshqalarga yordam berishni xush ko’raman. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 abll 11. Biror zoddiyat tug’ilib qolgudek bo’lsa ayb izlashni o’zimdan boshlayman. Ha – 10 ball Yo’q – 0 ball Bilmayman – 5 ball 12. Agar yo’limni qora mushuk kesib o’tsa, ko’chaning boshqa yuziga o’taman. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 ball 13. Inson vaziyatdan qat’iy nazar, kuchli va mustaqil bo’lishi shart deb hisoblayman. Ha – 10 ball Yo’q – 0 ball Bilmayman – 5 ball 14. O’zimning ayblarimni bilaman, ammo atrofdagilar bunga e’tibor bermasliklarini istayman. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 ball 15. Yuz bergan vaziyatga, agar uni o’zgartirishga ko’zim yetmasa, moslashaman. Ha – 0 ball Yo’q – 10 ball Bilmayman – 5 ball 49 ballgacha – Siz hayot kemasida yo’lovchisiz. Ro’y bergan hodisalarning hammasida boshqalarni aybdor qilasiz. Chin mustaqillik siz uchun yetib bo’lmas cho’qqi. Ammo, boshqalar bilan chiqishib keta olasiz. 50-90 ball – Siz kemani bemalol boshqara olasiz, ammo zarur paytda rulni ishonchli qo’llarga topshira olasiz. Shaxsiy muammolaringiz sabablarini xolis baholaysiz. Mulohaza, g’ayrat va sezgirlik sizning doimiy hamrohingiz. Qanday yo’l tutish lozimligini bilib, mas’uliyatni zimmangizga olishingiz mumkin. Qarashlaringizga xiyonat qilmagan holda, atrofdagilar bilan kengashib yashaysiz. 100-150 ball – Siz – kema kapitanisiz. Atrofingizda sodir bo’lgan har bir hodisaga javobgarman, deb o’ylaysiz. Ko’p narsani o’zingizga olasiz. Qiyinchiliklarni hech kimga ovoza qilmay, boshqa muammolarga aralshtirmay yengasiz. Yo’lingizda payo bo’lgan masalanigina ko’rasiz va uning yechimigina sizni qiziqtiradi. Bu paytda ko’nglingizdan nimalar kechayotgani atrofdagilarga qorong’uligicha qoladi.
|