BU HAQIQAT Biz o'lim ustidan kulamiz va dorixonadan kilolab dorilar sotib olamiz; Bizga ommani fikri farqi yo'q, va biz doimo "ko'rinishim qanday?" deb so'raymiz; Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz; Biz uyimiz - qo'rg'onimiz deb hisoblaymiz, va kechalari uni biz bilan portillatib yuborishlaridan qo'rqamiz; Biz mutlaqo hotirjamligimizga iqrormiz va qo'limizni navbatdagi sigaretga uzatamiz; Biz odamlarni hayratda qoldiramiz va "sevaman" deyishga qo'rqamiz; Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz; Biz bugungi kun bilan yashaymiz va ertangiga rejalar tuzamiz; Biz printsipdan yangiliklarni televizordan ko'rmaymiz va ularni internetdan o'qiymiz; Biz juda ko'p o'zimizni tanqid qilamiz va faqat o'zimizni yaxshi ko'ramiz. Biz o'zimizga hamma hatolarni kechiramiz va ularni qaytarganlarga yomon ko'z bilan qaraymiz; Biz ideal odamlar mavjudligiga ishonmaymiz va har kuni omma ichidan o'zimizni idealimizni qidiramiz; Bizni metrodagi ertalabki tiqilinchdan ko'nglimiz ozadi, va biz har kuni platformada sabr qilib poyezd kutamiz; Biz nima eshitishni o'zimiz tanlaymiz, va ko'chada ixtiyorsiz qandaydir "fabrikaga" jo'r bo'lamiz; Biz har doim o'ylaganimizni gapiramiz va chin dildan tabassum qilishni deyarli unutdik; Biz odamlar bizni qanday bo'lsak shundayligizmizcha qabul qilishlarini hohlaymiz, va soatlab ko'zgu oldida aylanamiz; Biz dono gaplarni yaxshi ko'ramiz va o'zimizni o'zimiz tushunmaymiz; Bizni bir to'da ochilmagan iste'dodlarimiz bor, va biz ular ochilishi uchun hech narsa qilmaymiz; Biz tug'ilgan kunlarni yomon ko'ramiz va har doim ularni nishonlaymiz; Biz tushlikkacha uhlashni sevamiz va budilnikni ertalabki soat 6-ga to'g'rilaymiz; Biz har doim hohlagan narsamizga erishamiz va hech kimga kerakmas bo'lib qolishga qo'rqamiz; Biz shaxsiy kundaliklar tutamiz, va ular o'qilishini hohlaymiz;
|