YULDUZLAR ODATLARI YOKI INJIQ YULDUZLAR! Barcha TV orqali yulduzlarning chiroyli chiqishlarini ko`rishadi va chiroyli so`zlarini tinglashadi. Ammo hayotda-chi? Ularning turli injiqliklari-yu, g`alati odatlari borligini bilamizmi? Yo`q! Ichkarida yulduzlarning mana shu odatlari to`g`risida hikoya qilamiz... Yulduz Usmonova. Bilasiz, yulduzimiz jaydari, o‘z hayotiy qoidalarini o‘zgartirmaydigan qat’iyatli ayol. Hatto, qachondan buyon poytaxtga ko‘chib kelib yashayotgan bo‘lsa-da, farg‘onacha shevasini saqlab qolgan. Tashqi ko‘rinishini tez-tez o‘zgartirib tursa-da, tirnoq o‘stirganini ko‘rmaganmiz. Katta sahnalarda kamdan-kam holatda yasama tirnoqda ko‘rish mumkin. Rayhon. Bu qiz turli-tuman, antiqa taqinchoqlarga o‘ch. Tabiatan injiq, o‘ziga nisbatan o‘ta e’tiborli. So‘nggi ikki yil davomida qo‘ng‘iroq sochlarini tez-tez o‘zgartirib, tekislattirdi. Sevara Nazarxon. O‘ta oddiy, kiyinish madaniyati ham o‘zgacha. Noan’anaviy narsalarni yaxshi ko‘radi. Bir paytlar qoshiga munchoq taqqandi. Doimiy odati: umuman tirnoq o‘stirmaydi, lak ham surtmaydi. Hammavaqt bosh barmog‘iga uzuk taqqaniga ko‘zingiz tushadi. Madina Muxtorova - eng injiq aktrisa. Tanqiddan yiroq, maqtovga o‘ch. Shuhrat Qayumov. Nozikta’b inson. Qayerga bormasin, o‘zi bilan birga kerakli jihozlari jamlangan qutisi hamda konsertbop libosini ko‘tarib yuradi.
|