SIZ UCHUN Insonlarga yoqishning besh qoidasi: 1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing! 2.Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo’ling! 3.Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir! 4.Eng yaxshi tinglovchi bo’ling! Boshqalarga ko’proq o’zlari to’g’risida gapirishlariga imkoniyat bering! 5.Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to’g’risida ko’proq gapiring! Insonlar e’tiboriga erishishning o’n ikki qoidasi: 1.Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo’lishning yagona yo’li – bu tortishuvdan voz kechishdir! 2.Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko’rsating. Insonlarga hech qachon “nohaqsan” demang! 3.Agar siz nohaq bo’lsangiz, tez va keskin tan oling! 4.Suhbatni do’stona ohangda boshlang! 5.Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga “Ha, to’g’ri”, deb aytishga undang va erishing! 6.Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko’proq gapirishiga imkon yarating! 7.Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o’ziniki hisoblasin! 8.Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang! 9.Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo’ling! 10.Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin! 11.Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlarni o’zingizga singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling! 12.Otashin, aniq, insonga ma’naviy quvvat beruvchi gaplarni gapiring! Insonlarni xafa qilmasdan ularga ta’sir ko’rsatish va hurmatiga sazovor bo’lishning to’qqiz qoidasi: 1. Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan olish bilan boshlang! 2. O’zgalarning xato-kamchiliklarini to’g’ridan-to’g’ri aytmang, boshqalar misolida gapiring! 3. Oldin o’zingizning xatolaringiz to’g’risida gapiring va shundan so’ng suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling! 4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali ishni bajartiring! 5. Insonlarga o’z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada amalgam oshirishlariga imkoniyat bering! 6. Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo’llab gapiring! 7. Odamlar o’rtasida sog’lom, obro’li muhit yarating va natijada ular shu darajada qolishga harakat qilsinlar! 8. Shunday qilingki, inson yo’l qo’ygan xatoliklarini osonlik bilan to’g’rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin! 9. Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif-mulohaza va ko’rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o’zlari zavqlansinlar! Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi: 1. Hech qachon tortishmang! 2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga harakat qiling! 3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring! 4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling! 5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing! 6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing! 7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring! 8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’l tuting! 9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying! 10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi mas’uldir!
|