Sardor Rahimxon "Vaqt o'tib bormoqda. Uylanishim kerak"
San'at olamida mish-mishlar juda ko'p tarqashiga yana bir bor amin bo'ldim. Sardor Rahimxon radioboshlovchilardan birini sevib qolgan emish, Sardor Rahimxon yana do'sti Ulug'bek Rahmatullaev bilan yuz ko'rmas darajada urushib qolibdi kabi mish-mishlar muxlislarni e'tiboridan chetda qolmayapti. Shu sababli ularga javob berib o'tishga qaror qildim. Vaqt o'tib bormoqda. Uylanishim kerak. Lekin radioboshlovchilardan sevib qolmadim. Ikkinchi savolga to'xtaladigan bo'lsam, bu ham quruq gap. Men Ulug'bek bilan avval qanday bo'lsam, hozir ham shunday munosabatdaman. Qolgan gaplar esa oddiy mish-mish... shaxsiy saytidan