Foydalanadigan tarog`ingiz karomatini bilasizmi??? Xalqda do`stingni ko`rsat, sening kimligingni aytib beraman, degan gap bor. Olimlar fikricha, ishlatib yurgan tarog`ingiz ham sizning fe`l-atvoringiz haqida ma`lumot berishi mumkin ekan. Masalan, agarda QIZLAR: -Yaltiroq, gulli taroqni ishlatishni yoqtirsa, u sal yengil tabiatli, kayfiyati tez-tez o`zgarib turadi, xursandchilikka o`ch. - Tutqichsiz taroqni odob-axloqqa qat`iy rioya etuvchi, har turli hazil-huzulni yomon ko`radigan shaxslar ishlatadi. - Cho`tkaga o`xshash taroqda o`ziga ishongan, kuchli, fe`l-atvorli, ishchan, erkakshoda ayollar ko`proq foydalanadi. - Tishi o`tkir, cho`tkaga o`xshash taroqlarni o`zini ko`rsatishni yoqtiradigan, artistona hatti-harakat sohibalari ishlatadi. Undaylar ba`zan yoshi katta erkaklarni sevib qoladi. - Tarog`ini hadeb o`zgartiraverish odati faromushxotir, kamsuqum, o`ziga ishonchi yo`q xonimlarga rostdir. YIGITLAR: - Kichkina, toza taroqni mas`uliyatni his etuvchi, yaxshi ijrochi odamlardir ishlatadi. Ular pokizalikni yoqtiradi. Ammo ba`zan mayda-chuydalarga o`ralashib qoladi. - Tishlari siyrak, yirik taroqlarni har narsani ko`ngliga oluvchi, mansabparast, jahldor, tezda o`zidan ketuvchi odamlar ishlatadi. - Chetlari o`tkir taroqlardan sirkasi suv ko`tarmaydigan, fe`li o`ziga yetguncha og`ir shaxslar foydalanadi. - Tishlari to`kilgan taroqlarni saranjom-sarishta erkaklar olib yuradi. - Taroq olib yurmaydiganlar- mantiqiy fikr yuritadigan, texnikaviy fanlarga qiziquvchi kishilar sirasiga kiradi. BU SHUNCHAKI TAXMIN
|