Ko`z- qalb ko`zgusi ekanligiga ishonasizmi??? Inson shaklu shamoyilida sir bisyor. Katta hayot yo`lini bosib o`tgan buyuk allomalar Arastu, Aflotun, Buzurgmehr, Dunasariy, Luqmou hakimlar bu haqda ko`p yozib qoldirganlar. Mana, tanishing, o`qing ko`ring va siz ham donishmandlar yo`lini tuting: qiyoslang, taqqoslab ko`ring, o`zingiz uchun xulosalar chiqarib oling, lekin oshkora aytishga biroz shoshilmang. Demak suvratdan siyratga… • Ko`z ravshan bo`lsa, qalbning oqligi, xush-xurramligi belgisidir. • Ko`z telbanoma bo`lsa, axmoq va befahmligidan nishonadir. • Ko`z kichik bo`lsa, ojizlik va g`am- anduhga botganligidan belgidir. • Ko`z harakatsiz xira bo`lsa, ablahlikning dalilidir. • Ko`z yoshli bo`lsa, yaxshilikka moyilligidan belgidir. • Ko`z quruq bo`lsa, kishi toshyurak, beaql, fahmsiz va sharmsiz bo`ladi. • Ko`z katta va xira bo`lsa, uyatsiz va zinokor bo`ladi. • Ko`z tim qora bo`lsa, badgumon va qo`rqoqlikdan belgidir. • Ko`z beharakat bo`lsa, zaif, johil va tanbaldir. • Ko`z alanglab tursa, zino va shahvatparastlikdan belgidir. • Ko`z xas tushganday qimirlab tursa, bu kishi zinoyu lazzatga berilgan, shahvatparast bo`ladi. • Ko`z moviy-sag`ish va yoshsiz bo`lsa, unday kishi yomonlik va qabihlikka odat qilgan bo`ladi. • Ko`z yoshlanmaydigan va benur bo`lsa, unday kishi odamlar qonini to`kishga shay bo`ladi. • Ko`z o`ynab turguvchi, kichik bo`lsa, hiylagar va itfe`l bo`ladi. • Ko`zning oq va qorasi barobar bo`lsa, u vafoli, rostgo`y va yaxshilik qilguvchidir. • Agar ko`zning hech shu`lasi, jilosi bo`lmasa, unday kishi odamlar baxtsizligidan shodlanadi, ular shon-shavkatning zavol topishini istaguvchi kishilardir. • Kimning ko`zi uzoqni juda yaxshi ko`rsa, uning achchig`I tez chiqadi. Kimki kulganda ko`zidan yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir. • Kimki ko`zini tez-tez yumib-ochsa, u sodiq do`st va yomon ishlardan xoli kishidir. • Kimki ko`zini ohista yumib ochaversa, xiyonatchi, bevafo, ahdini buzadigandir. • Kimning ko`zi juft o`tkir bo`lsa, u oilaparvar, ammo molga o`ch bo`ladi. • Kichik tor ko`z oldiga turtib chiqqan bo`lsa, ziyrak, qabih so`zlik bo`ladi. • Ko`z tor bo`lsa, kishining badfe`l va zinokorligidan dalolat beradi. • Ko`z kichik va xira bo`lsa, ochko`z va molparast bo`ladi.
|