Mening hayotim – o’zingsan! Ortiq jim turolmayman…Shunchaki BUNING ILOJI YO’Q. Hech qachon o’ylamagandim qachondir bir yigitga shunday deyishimni. Biroq… …Sensiz yasholmayman… Biz garchi birinchi marta uchrashmayotgan bo’lsakda, men baribir senga yuragimni ochishga jur’at etolmayman.Bu shuning uchunkim, sen mening uchun qanchalik qimmatli ekanligingni bilib olishingdan qo’rqaman.Agar sen men uchun hamma narsa ekanligingni bilib olsang… sen… hmm.. nima desam ekan… Sen nopisandlik qilib, meni tashlab ketasan deb o’ylayman.Boshimga shunday hayollar kelishi sababini o’zim ham tushununolmayman.Midomiki senga shu haqda yozishga qaror qilgan ekanman, demak men o’z hadiklarimni boshqarishga harakat qilyapman. Sirasini aytganda men bu satrlarni sening oldingda butun gapni ochib tashlash uchun emas, yuragimda to’lib ketgan butun tuyg’ularimni bir zarb bilan chiqarib tashlash uchun yozayapman.Bo’lmasa senga bo’lgan sevgimning bepoyonligidan jinni bo’lib qolishim(bilaman, bundan hali birortasi o’lgani yo’q, lekin men birinchisi bo’lishim mumkin.) hech gap emas.Boshim butunlay sen to’g’ringdagi fikrlar bilan to’la.Garchi bizni qancha masofalar ajratib turgan bo’lsada ,hamisha va har joyda mening yonimdasan…Ba’zi birovlar buni ma’naviy tushkunlik deb ataydi – kimdir kimnidir o’z yonida deb o’ylayd va bu fikrni boshidan chiqarib tashlolmaydi.Lekin men bu narsani o’zim uchun buyuk bir erishuv deb hisoblayman.Chunki sen meni turg’unlik va davomiylikka o’rgatding.Buning uchun men o’zimni yanada ko’proq hurmat qiladigan bolib qoldim.Atrofimda diqqatimni tortadigan qanchadan-qancha muxlislarim, do’stlar, tanish va notanishlar bo’lishidan qat’iy nazar mening maylim baribir sendadir. Men o’zimni nima qilishni bilmayman.Men o’z tuyg’ularimdan ham balanddaman, chunki yonimda faqatgina seni ko’ryapman, SENI!!! Seni sevaman!!! Mayli, buni hamma bilsin!!!Bu narsa meni zig’irchalik ham o’ylantirmaydi.har narsa yuz berishia qaramasdan , bo’ron,chaqmoq, sunami,dovul, zilzila, toshqin, yong’in, vayrongarchilik, global isishlar, ozon tuynugi, turli- tuman viruslar tarqalishi, Yerning o’z o’qidan chiqib ketishi, quyoshdagi dog’lar, metorit yomg’irlari, vulqonlar otilishi, ko’chki yuz berishi, dollar qiymatining tushib ketishi, valyuta birjalarining yemirilishi va boshqa ko’plab falokatlar yuz berishidan qat’iy nazar mening senga bo’lgan sevgim hamisha kuchayib boraveradi. Hamon mening hayotimda bor ekansan, men hech narsadan qo’rqmayman, hech bir narsa qo’rqinchli emas.SEN – MENING HAYOTIMSAN! Shunday ekan,bordiyu meni tark etar ekansan, bu – meni ham butunlay olib ketgan bo’lasan, chunki sensiz bu hayot ma’nosiz bo’lib qoladi.Shuning uchun ham mening yashagim keladi.Bu demak, sen bilan birga bo’lishdir, sevgilim! Go’zal Siz izoh qoldirishingiz mumkin.
|