“SIZ O‘ZGALARGA TA’SIR KO‘RSATA OLASIZMI?” 1. Siz aktyor yoxud siyosatchi kasbini tanlagan bo‘larmidingiz? A) Ha. Yo‘q. 2. Didsiz kiyinadigan, o‘zini yoqimsiz tutadigan odamlar jahlingizni chiqaradimi? A) Ha. Yo‘q. 3. O‘z tashvishlaringizni o‘zga odam bilan o‘rtoqlasha olasizmi? A) Ha. Yo‘q. 4. O‘zingizga nisbatan paydo bo‘layotgan yomon munosabatlarni tez ilg‘aysizmi? A) Ha. Yo‘q. 5. O‘zingiz yetishishni ko‘zlagan muvaffaqiyatlarga boshqalar erishsa, hasad qilasizmi? A) Ha. Yo‘q. 6. Boshqalarga kuchli ekaningizni ko‘rsatib qo‘yish uchun qo‘lingizdan kelmaydigan og‘ir yumushlarga ham qo‘l ura olasizmi? A) Ha. B). Yo‘q. 7. Qaysidir yaxshi ishning amalga oshishi uchun o‘zingizni qurbon qila olarmidingiz? A) Ha. Yo‘q. 8. Faqat o‘zingiz bilan eski do‘stlar qurshovida bo‘lishni istaysizmi? A) Ha. Yo‘q. 9. Hayotingizda har bir kuningizni alohida reja asosida o‘tkazasizmi? A) Ha. Yo‘q. 10. Uy jihozlarining joyini tez-tez o‘zgartirib turishni yoqtirasizmi? A) Ha. Yo‘q. 11. O‘rgangan ishingizni har kuni turli ko‘rinishlarda bajarish sizga xush keladimi? A) Ha. Yo‘q. 12. O‘z fikriga haddan ortiq yopishib olgan odamlarni tanqid qilasizmi? A) Ha. Yo‘q. 13. Ishxonadagi rahbaringizga uning nohaqligini ochiq-oydin ayta olasizmi? A) Ha. Yo‘q. “HA” JAVOBNING NATIJASI: Sizda boshqalarga ta’sir o‘tkazish, ularni o‘zingizga bo‘ysundira olish va qayta tarbiyalash qobiliyati bor. Bu rolni ado etishda o‘zingizni juda erkin his eta bilasiz. Siz har bir inson o‘zgalar uchun nimadir qilishi, odamlarni boshqarishi va hayotning yorqin taraflarini ko‘rsatishi, xatolarini aniq aytishi zarur deb hisoblaysiz. Lekin maslahatimiz shuki, bu ishni me’yoridan oshirmang. Aks holda fanatga aylanib qolib, o‘zingizni unutib qo‘yishingiz hech gap emas. “YO‘Q” JAVOBINING NATIJASI: Afsuski, siz birovlarga ta’sir ko‘rsata olmaysiz. Sizga ko‘proq qolipga solingan bir xil hayot yoqadi. Hech kim sizga xalal bermasligini xohlaysiz. Shu bilan birga sizni ham hadeb tergayverishlarini yoqtirmaysiz. Ba’zida shu qadar tortinchoq odamga aylanib qolasizki, ko‘pincha shu odatingiz aniq maqsadlarga erishishingizga xalal beradi.
|