Aytishlaricha, turmushga chiqmoqchi bo`lgan yigitingizning ko`proq qaysi rangdagi ko`ylak, sviter yoki paypoqni suyib kiyishini aniqlasangiz bas, uning xarakterini yaxshiroq bilib olishingiz mumkin ekan. Qizil. U harakatchan, irodali, o`ziga ishonadi. Qizlarni maftun eta oladi. Biroq ba`zan bunday yigitlar oilaviy hayotda qattiqqo`l, johil bo`ladi.
Pushtirang. Ayollarday nazokatli. Bunday yigitga turmushga chiqishdan oldin o`ylang: u bilan yashab keta olasizmi?
Olovrang. Ulfatchilikni yoqtiradi, ko`ngli ochiq, davralarning guli. Ishonchli erkak. Ular bilan turmush qursangiz, qiynalmay yashaysiz.
Sariq. Maqsad sari intiluvchan, bilimli, hayotga muhabbatli. U yaxshi ma`noda mansabparast, hayotda nimani orzu qilsa, albatta unga erishadi.
Yashil. Yuragingizni qon qilib tashlaydigan darajada ziqna, ko`ngli tor.
Havorang. Aqlli. Ehtiyotkor. Ko`nglidagi gapni ochiq aytavermaydi. Uyidagilarga xushomad qilishni bilmaydi.
Ko`k.uning ko`ngliga qarab yashashingiz kerak. Jahli chiqsa har qanday mayday-chuydadan ham janjal chiqaradi.
Binafsharang. Yoshidan qat`I nazar, mayday gap, o`zidan ham, boshqalardan ham doim ranjib yuradi. Ammo ular rafiqalariga sadoqatli.
Jigarrang. Ibratli oila sohibi. Lekin o`y-fikrlari cheklangan. U bilan uzoqqa borishingiz qiyin.
Oq.Hazil-mutoyibadan yiroq, yolg`izlikni yoqtiradi. O`yin-kulgudan nari yuradi. Ko`pincha do`stlari bo`lmaydi.
Kulrang. Tabiatan og`ir-bosiq. Xayolparast. O`zini-o`zi qiynab yashaydi.
Qora. O`ta ketgan xudbin. Tabiati ob-havodek tez-tez o`zgarib turadi. ba`zan g`amga botib, ich-itini yeydi.