RADIUS 21 -Burjingiz? - Mezon -Muchalingiz? - Xo`roz -Tug’ilgan joyingiz? - Toshkent shahrida tavallud topganman -Oila a’zolaringiz? - Ota- G`ulomov To`lqin, Onam- Holida G`ulomova. Ukam - Begzod G`ulomov, singlim- Dilfuza G`ulomova. Oilada uch farzandmiz. -Ishlagan , oqigan joylaringiz? - Toshkent Davlat madaniyat institutini 2003 yil yakunlaganman. -Nima uchun qo`shiqchi bo`lgansiz ? - Chunki man talantliman. Bitmas-tugalmas iste`dod sohibiman. -Sizningcha san`atkorlar nima uchun kerak? - San`atkorlar har extimolga qarshi kerak bo`ladi... -Qo`shiq yaratish siz uchun nima? - Bu nonim. Bu mani hayotim... -Qiziqishlaringiz? - Bo`sh vaqt topishim bilan studiyaga boraman va qo`shiq yozaman. -Sevimli rangingiz yoki xushlamaydigan rangingiz? - Yoqadigan rangim yashil rang. Ayollarga yoqadigan ranglarni yoqtirmayman. Yaltiroq ranglarni yoqtirmayman. -Bo’yingiz va vazningiz? - Xabarim yo`q bunday ma`lumotdan... Menimcha hammasi joyida bo`lsa kerak -Ko`p aldaysizmi? - Sizchi?... -Kech qolib yurasizmi? - Vaqtida yuraman. Aytilgan joyga vaqtida boraman. -Sevimli inson(lar)ingiz? - Radius21... -Qanday sovg`ani xush ko`rasiz? - Sovg`a tanlamayman... Bersa olaveraman. -Orzuingiz - Rolik uchishni o`rganish -Armoningiz - Hammasi ok -Bahtlimisiz? - Hammadan ham -Do`stlaringiz ko`pmi, kimlar? - Hamma-hamma -Qaysi mavzudagi qo`shiqlar tinglovchining ko`ngliga tez yetib boradi? - Bu mavzuga bog`liq emas. Oranjirovka, so`z va ijroga bog`liq. -Qaysi davlatlarda bo’lgansiz? - Siz o`ziz nima deb o`ylaysiz?... -Ashaddiy muxlislaringiz haqida gapirib bering. Ismi sharfi, ular bilan bog`lanib turasizmi? - X- Files -Muxlislaringiz uchun doim vaqt ajrata olasizlarmi? Misol uchun shoshib turgan bo`lsangiz-da, sizdan suratga tushishni so`rasalar, nima qilasizlar? - Jonim bilan -Muxlislaringiz sizni qaysi qirralaringizni ko`rishlarini xohlardingiz? - Ochilmagan qirralarimni ko`rishsa deyman... -Maktab davri eng ajoyib va g`aroyib voqealarga boy bo`lganligi bilan xotiramizda saqlanib qoladi. Birinchi sinf, birinchi do`st, birinchi sevgi... Maktab davrida siz bilan sodir bo`lgan voqealardan so`zlab bersangiz... - Maktab davrimdagi voqea- ikkichi bo`lganligimni eslayman xolos... -Siz haqingizda mish-mishlar (Yomon ma`nodagi) tarqab ketsa, o`zingizni qanday tutasiz? - Bemalol, vip -San`atga kirib kelganingizda sizga kim birinchi bo`lib qo`l cho`zgan? Ustozingiz deb kimni bilasiz? - Raxmatli Xusniddin Xoliqov -Xit qo`shiq yaratish uchun eng avvalo nima qilish kerak? - Ikkita yelkaning o`rtasidagi dumaloq narsani ishlatish kerak. -Aytingchi, mashhurlikdan "boshingiz aylanib ketsa" do`st birodarlaringizni mensimay qo`ymaysizmi? - Mayda-chuyda narsalarga boshim aylanmaydi -Chet el xonandalaridan kimning ko`proq ijodiga qiziqasiz? - Red Hot Chili Papersni ijodiga qiziqman. -Bisotingizda sahna va to`ylar uchun ko`ylaklaringiz ko`pmi? - Rang-barang va xilma-xil -Dizayneringiz sahnada kuylaydigan qo`shig`ingizni tinglab bo`lganidan so`ng, tayyorlab beradimi? Sizning didingiz bilan hisoblashadimi? Sahna liboslarini dizaynerlar bilan maslahatlashib tanlaysizmi? - Unaqa odamlarni tanimayman. -Sir bo`lmasa eski kiyimlaringizni nima qilasiz yoki qayerda saqlaysiz? - Ularni qidirib topa olmayman -Sochingizni qayerda turmaklatasiz? - Olamga mashhur sartaroshim bor... Ismi Gillet- luchshe dlya mujchini net! -Kiyimlaringizni qayerdan va qanday xarid qilasiz? - Bozordan tanlab-tanlab. -Yutuqli oyindan million dollar yutib olsangiz nimaga sarf qilardingiz? - Ashula yozishga sarflayman.
|