RAYHONdan-- DASTXAT VA YANGI QO`SHIQLARI MATNI "So'zlama" "O'rgandim" "Sensiz yashasam" "SHunchalar" "Sog’inch " "Ertak" "So'zlama". Yozimdan bahor izlama so'zimdan xato izlama, Ko'zimga termulib sen qarama. Yuragimni sen qiynama sevgi yolg'on deb o'ylama, Ishon do'st bo'lsang hech kelma sen. Hayollarim senda edi Har doim seni o'ylardim, Tunlarda,kunlarda faqat. Avvallari boshqa eding Hayotimni yorug' etarding, Ko'zingada bor edi muhabbat. Naqorat: Menga bunday so'zlama Yolg'onga yor izlama, Qalbim sezar Barcha istaging seni ko'rib. Menga bunday so'zlama Yolg'onga yor izlama Yurak sezar nelar O'ylading meni ko'rib. Aslida ko'zlar so'zlasa aytilgan so'zlar kerakmas, Aldashga mavhumdir hech izlama. Sevgini sarob etmagin tuyg'ularni hor etmagin, O'z hayotingda zor bo'lma sen. Hayollarim senda edi Har doim seni o'ylardim, Tunlarda, kunlarda faqat. Avvallari boshqa eding Hayotimni yorug' etarding Ko'zingada bor edi muhabbat. Naqorat: Menga bunday so'zlama Yolg'onga yor izlama, Qalbim sezar Barcha istaging seni ko'rib. Menga bunday so'zlama Yolg'onga yor izlama Yurak sezar nelar O'ylading meni ko'rib "O'rgandim". Hazonlar ostida qoladi Bizlarning hiyonat, Orzular o'rnini egallar asta Sekin armon, saroblarga aylanar. Sevgimiz maydalab Bedor bu ko'nglimni, Ketar bizning muhabbat Bizlarsiz izlar yo'lini Naqorat: O'rgandim unutishni o'zim O'rgandim ko'nikishni o'zim Sendan men o'rganmoqdaman Yana bag'ritoshlikni. O'rgandim unutishni o'zim Sendan men o'rganmoqdaman yana Bugun senday bag'ritoshlikni. Seni deb to'kilgan Yoshlarga achinaman bugun, Yashar edim faqat bir seni Baxtli qilish uchun, hotiraga aylanar. Bir umr sen bilan o'tgan Qancha go'zal damlar, Bugun esa qalbimda Sevgimiz o'rnida alamlar. Naqorat: O'rgandim unutishni o'zim O'rgandim ko'nikishni o'zim Sendan men o'rganmoqdaman Yana bag'ritoshlikni. O'rgandim unutishni o'zim Sendan men o'rganmoqdaman yana Bugun senday bag'ritoshlikni. "Sensiz yashasam". Sening ko'z yoshlaring Oqadi bugun jonim, Mening ko'zimdan Qalbing nolalari Faryodin aylar yana, Mening so'zimdan, mening ko'zimdan. Naqorat: Sensiz yashasam Yozlarimda qor yog'adi menga, Men sensiz yashasam Kelmaydi bahor,intizor senga. Sensiz yashasam Bu dunyo barbod, hayot be'mano, Men sensiz yashasam To'xtaydi hayot, yulduzsiz samo. Agar men aylanib Qolsaydim osmonlarga, Bag'rimda bo'lsang. Balki seni berib Qo'ymayman armonlarga, Sen seva olsang, bag'rimda bo'lsang. Naqorat: Sensiz yashasam Yozlarimda qor yog'adi menga, Men sensiz yashasam Kelmaydi bahor,intizor senga. Sensiz yashasam Bu dunyo barbod, hayot be'mano, Men sensiz yashasam To'xtaydi hayot, yulduzsiz samo. "SHunchalar". Seni bir ko'rmoqqa, zor bo'ldi ko'ngil Visoling sog'inib, hor bo'ldi ko'ngil Avjida uzilgan tor bo'ldi ko'ngil. Muz bo'lsa eriydi, yonishlarimga Bulbul tan berardi honishlarimga, Zarra parvoing yo'q nolishlarimga. Naqorat: Bag'ritoshmikan gul ham shunchalar? Olismikan yo'l ham shunchalar? Vafodormikan qul ham shunchalar? Yaprog'ida shabnam yig'lagan ey gul. Endi aytolmayman, aytsin boshqalar Mening so'zlarimga intiq tashnalar, Yo dushmanlar aytsin, yoki oshnalar. Muz bo'lsa eriydi, yonishlarimga Bulbul tan berardi honishlarimga, Zarra parvoing yo'q nolishlarimga. Naqorat: Bag'ritoshmikan gul ham shunchalar? Olismikan yo'l ham shunchalar? Vafodormikan qul ham shunchalar? Yaprog'ida shabnam yig'lagan ey gul. "Ertak". Bo'lgan ekan bir malika go'zal Ta'rif etishga ojizdir g'azal, Sevib qolibdi bir yigitni Tushda ko'rib bildi afzal. Kunlar birida yigit ko'rdi tush Unda malika jilmayar homush, Sevib qolibdi malikani Yo'lga tushdi manzil olismish. Naqorat: Muhabbat g'olib bo'ladi ishongin faqat Muhabbat g'olib bo'ladi etsa bir toqat, Hayotimiz ham bir ertak Muhabbatga yetishsin yurak. Yo'lda yigitga dev duch keldi Jang etib yigit devni yengdi, Sevgisi uchun sahrolarda Oq tulporda kelar endi. Yetib keldi u go'zal saroyga Malika turar o'xshab oyga, Yetdi murodga sevgan dillar Yomonliklar oqdi soyga. Naqorat: Muhabbat g'olib bo'ladi ishongin faqat Muhabbat g'olib bo'ladi etsa bir toqat, Hayotimiz ham bir ertak Muhabbatga yetishsin yurak Sog’inch. Uchib keladi bu qushlar yonimga, olib keladi sendan habarlar. Vos kechibsan aytgan so’zlaringdan, aytib bo’ldingku buni ko’zlaringdan. Nigoxing anglatar menga jonginam, dilimni azoblarga tashlama. Naqorat. Meni tark etding sen meni, tark etding, sen meni. Yuragimga qayg’u solding meni, qoldi sog’inch yoshlar. Qoldi sog’inch yoshlar, qoldi yuragim sog’inar. Senga u talpinar.....! Sen bo’lmasang yonimda jonim, yasholmasman hayotda bir zum. Orzuyimsan senda hayollarim, bag’ishlarman senga hayotimni. Jonginam sensiz men yasholmasman, dilimni azoblarga tashlama. Naqorat. Meni tark etding sen meni, tark etding, sen meni. Yuragimga qayg’u solding meni, qoldi sog’inch yoshlar. Qoldi sog’inch yoshlar, qoldi yuragim sog’inar. Senga u talpinar.....! Xar so’zing, nigoxlaring, ko’z oldimda qolgan, borarman ortingdan, sen bosgan izlardan. Naqorat. Meni tark etding sen meni, tark etding, sen meni. Yuragimga qayg’u solding meni, qoldi sog’inch yoshlar. Qoldi sog’inch yoshlar, qoldi yuragim sog’inar. Senga u talpinar.....!
|